You tobe tarmog’ida biologiya online maktab deb qidiring va Bepul ta’lim oling


Download 1.78 Mb.
bet21/28
Sana09.06.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1472417
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
11 sinf toliq 44ta mavzu

11-sinf 39-§
1.Tirik organizmlarning fiziologik yoki biologik ko’rsatgichlarini muayyan va doimiy darajada avtomatik tarzda saqlash xusiyasti nima deb ataladi?
A) O’z-o’zini boshqarish B) Gameostaz
C) himoya funksiyasi D) barchasi

2.Xloroplastlar nima ta’sirida sitoplazmadagi joyini o’zgartiradi?


A) yorug’lik B) harorat
C) suvli eritma D) quyosh nuri

3.Bakteriya, bir hujayrali hayvonlar, bir hujayrali suvo’tlar va yuksak o’simliklarning jinsiy hujayralari uchun tashqi omillar ta’sirida o’zgarishi …. deyiladi


A) taksis B) metamorfoz
C) ko’payish D) T.J.Y

4.Sodda hayvonlarning nerv sistemasiga xos ta’rifni toping


A)hayotiy jarayonlari nerv, gumoral, immun sistemalar orqali boshqariladi
B) nerv sistemasi bo’lmaydi, tashqi muhit bilan aloqasi hujayra ichidagi suyuqlik orqali gumoral boshqariladi
C) gumoral sistemasi bo’lmaydi, tashqi muhit bilan aloqasi hujayra ichidagi suyuqlik nerv sistemasi orqali boshqariladi
D) T.J.Y

5.Nerv sistemasi filogenezining birinchi bosqichi qaysi organizmlarda paydo bo’lgan?


A)Bo’shliqichlilarda B) yassi chuvalchanglarda
C) molluskalarda D) halqali chuvalchanglarda

6. Stvol tipidagi nerv sistemasi nerv sistemasi filogenezining nechanchi bosqichi?


A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) oxirgi bosqichi

7.Nerv stvoli qaysi organizm uchun xos(a) va nimalar orqali tutashadi(b)


A) a- kiprikli chuvalchanglar b-halqa nerv tolalari
B) a – kiprikli chuvalchanglar b-ko’ndalang nervlar
C) a- halqali chuvalchanglar b- halqa nerv tolalari
D) a- kam tukli chuvalchanglar b- ko’ndalang nervlar

8.So’rg’ichli va tasmasimon chuvalchanglarning nerv sistemasi uchun xos ta’riflarni toping


1.tanasining oldingi tomonida bir juft nerv tuguni 2. tanasining oldingi tomonida ikki juft nerv tuguni 3.halqum atrofi nerv halqasi mavjud 4. halqum atrofi nerv halqasi mavjud emas 5.tanasining oldingi va keying tomonida oltita nerv stvoli mavjud 6. tanasining oldingi va keying tomonida to’rtta nerv stvoli mavjud.
A) 1,3,6 B)2,4,6
C) 1,3,5 D) 1,4,6

9.To’gorak chuvalchanglar nerv stvolining tananing qaysi qismida joylashgani yaxshi rivojlangan?


A) yelka va qorin tomonida ikki jufti
B) yelka va oldingi tomoni ikki jufti
C) oldingi va keying tomoni bir jufti
D) yelka va qorin bir jufti

10.Nerv sistemasi filogenezining uchinchi bosqichida qanday shaklli nev sistemasi hosil bo’ldi?


A) zanjir B) to’rsimon
C) tizimcha D) halqa shaklli

11.Sakkizoyoqning bosh miyasi uchun hos ta’rifni toping


A) Qizilo’ngach atrofida joylashgan oldingi(bosh) nerv tugunlaridan hosil bo’lgan gangliylarning o’zaro birikishidan
B) Halqum atrofida joylashgan oldingi(bosh) nerv tugunlaridan hosil bo’lgan gangliylarning o’zaro birikishidan
C) Tananing oldingi va keying tomondagi uch juft nerv tugunining qo’shilishidan
D) T.J.Y

12.Nerv sistemasi filogenezining to’rtinchi bosqichida qaysi tip uchun xos nerv sistemasi hosil bo’ldi?


A) Bosh skeletlilar B) xordalilar
C) Bo’g’imoyoqlilar D) sutemizuvchilar

13.Tuban xordalilarda nerv nayi(a) qaysi nerv sistemasini va undan chiquvchi bir qancha nervlar(b) qaysi nerv sistemasini hosil qiladi?


A) a- periferik b- markaziy B) a- vegetativ b- somatik
C) a- markaziy b- periferik D) a-simpatik b- parasimpatik

14.Baliqlar va amfibiyalarning bosh miyasi uchun umumiy bo’lmagan ma’lumotni aniqlang.


1. bosh miya 5 ta bo’limdan iborat 2.miyachasi yaxshi rivojlangan 3. miyachasi yaxshi rivojlanmagan 4.oldingi miya yarimsharlari mavjud 5.nerv sistemasi naysimon 6. Orqa miya umurtqa kanali ichida
A) 1,5,6 B) 2,3,4
C)1,2,6 D) 1,3,4

15.Qushlarning qaysi xususiyatlari ularning bosh miyasi yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi?


1.xulq atvorining murakkablashuvi 2.uchib harakatlanishi 3.nasli uchun qayg’urish instiktining mavjudligi 4.issiqqonli hayvon ekanligi
A)1,2,3,4 B) 1,4 C) 1,3 D) 2,3

16.Qushlarning nerv sistemasining qaysi qismini sathi katta(a) va qaysi qismi yaxshi rivojlangan(b)


A) a- oldingi miya yarimsharlari b- o’rta miya va oraliq miyaning ko’rish do’mboqlari
B) a- oldingi miya yarimsharlari b- miyacha va oraliq miyaning ko’rish do’mboqlari
C) a- oldingi miya yarimsharlari b- o’rta miya va oraliq miyaning do’mboqosti sohalari
D) a- orqa miya b- o’rta miya va oraliq miyaning ko’rish do’mboqlari

17.O’simliklar va zamburug’lar gumoral boshqarilishi qaysi biologik moddalar orqali amalga oshirilishini toping.


A) fitogarmon, alkaloidlar B) fitoaleksin, alkaloidlar
C) kasntofil, ksantoprotein D) barchasi

18.tirik organizmlarda sodir bo’ladigan fiziologik jarayonlar yagona ….. mexanizm orqali amalga oshadi


A) nerv B) gumoral
C) neyrogumoral D) immun

19.Organizmda himoyalanish xususiyatlarining mavjudligi ularning evolutsiya jarayonida qaysi hususiyatlarini amalga oshishiga imkon beradi?


A) oziqlanish va ayirish
B) yashab qolish va ko’payish
C) harakatlanish va oziq axtarish
D) nafas olish va qon aylanish

20.Immunitet hayvonlarda nima orqali (a) va o’simliklar va zamburug’larda nima orqali(b) ta’minlanadi


A) a-immun tizimi b- fitonsid va antibiotiklar
B) a- immun tizimi b- immun tizimi
C) a- gumoral yo’l b- fitonsid va antibiotiklar
D) a- fitonsid va antibiotiklar b- immun tizimi



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling