TR -3 xajmidagi elektrovozlarni ta'mirlash ustaxonasi
Ustaxonada 188 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi, 5 ta seksiyani o‘rnatish uchun 2 ta ta'mirlash bo‘limi, uzunligi 100 m keladigan gidravlika domkratiga ega bo‘lgan ariq va alohida uzunligi 30 m keladigan sirpanib tushadigan ariqlarga ega.
TR-3 elektrovozlarini ishlab chiqarish uchun quyidagi ta'mirlash uchastka va bo’limlari:
- tayyorlov bo’limi
- filtrlarni ta'mirlash bo’limi
-elektrapparat bo’limi
- transformatorlik bo’limi
- elektroekipaj bo’limi
- qizdirish bo’limi
-pantografik bo’limi
- g’ildirak-tokarlik bo’limi
-rolikli podshipniklarni ta'mirlash bo’limi
- vagonlarni bir biriga va lokomotivlarga avtomatik ravishda ulayligan mexanizmlarni ta'mirlash bo‘yicha bo‘lim
- babbitli-eritib quyadigan bo‘lim
- lokomotiv rezervuarlarini gidravlik sinash bo‘yicha maydon;
- elektr-gaz payvandlash bo‘limi
Elektrmashinali ustaxona TO-3, TR-1,TR-1r xajmidagi elekrovozlarni ta'mirlash bo‘yicha ustaxona.
Ustaxonada 210 nafar kishi mehnat qiladi, ustaxona 15 ta ta'mirlash bo‘limi uchun 3ta ariqlarga ega, 10 ta ta'mirlash bo‘limi uchun 2 yarusli ko‘prikli ariqlar mavjud. 1- ariqda 5 ta ta'mirlash bo‘limi mavjud bo‘lib, u g‘ildirak juftlarini KJ-20 stanogida yumalatmasdan yo‘nishga mo‘ljallangan hamda elektrovoz kuzovlarini ko‘tarish uchun DET-40 rusumidagi domkratlarga ega.
3 – ariqda lokomotiv g‘ildirak juftliklarini yumalatmasdan yo‘nish uchun A-41 stanogi mavjud. Ustaxonada har biri 5 tn yuk ko‘taruvchi 2 ta ko‘prikli kranlar mavjud.
TR-1,TR-1r, TO-3 elektrovozlarini ishlab chiqish uchun quyidagi maydon va bo‘limlar mavjud:
- akkumulyator bo‘limi;
- avtotormoz asbob uskunalarini sinash va qayta tiklashni ta'mirlash bo‘yicha bo‘lim (avtomatik);
- kompressorlik bo‘limi;
-rezina texnikali va plasstmassali buyumlarni tayyorlash bo‘limi;
- asbobsozlik ustaxonasi;
- Mexanik ustaxona.
Do'stlaringiz bilan baham: |