ISHLAB CHIQARISH KORXONASI TUZULMASI VA UNING VAZIFALARI HAQIDA
«Qarshi» Lokomotiv deposi
Temir yo’l transporti Respublikamiz iqtisodiyotining asosiy qon tomiri hisoblanib, yo’lovchi va yuk tashishni amalga oshirishni ta'minlashga qaratilgan xalq xo’jaligining turli xil ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilib kelmoqda, ayniqsa, bu so’nggi yillarda mustaqillik sharofati bilan jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda. «Qarshi » Lokomotiv deposi 1977 yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunga qadar lokomotivlarni ta'mirlash va o’z lokomotivlari orqali xalq xo’jaligi va yo’lovchilar poezdining yuklarnini tashishni amalga oshiradi.
«Qarshi» Lokomotiv deposi «O’zbekiston temir yo’llari» AJning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Bugungi kunda «Qarshi» Lokomotiv deposi «O’zbekiston temir yo’llari» AJ ning asosiy korxonasi sifatida yo’llarda yuk tashishning qariyib 50-60 % xajmdagi ishini bajarib kelmoqda. «Qarshi» lokomotiv deposining darajasi sinfsiz, egallab turgan maydoni 23,79 ga ni, ustaxonalarining umumiy foydalanish maydoni esa 26 688 m ni tashkil etadi. Xodimlar soni 2400 nafar kishidan iborat. “Qarshi” Lokomotivi deposining lokomotivlari qo’yidagi uchastkalarga xizmat ko‘rsatadi: Toshkent – Xodjikent, Toshkent – Angren –Qo‘qon- Andijon, Toshkent – Sayri-Og‘och, Toshkent – Xovos – Bekobod, Toshkent – Xovos – Jizzax – Samarqand –Maroqand – Navoiy – Buxoro, Toshkent – Xovos – Jizzax– Samarqand – Maroqand – Qarshi – Dexqonobod – Oqrabot- Darband.
“O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” AK NING “Qarshi’’ lokomotiv deposining texnik pasporti
“Qarshi” lokomotivi deposining asosiy ishlab chiqarish faoliyati xalq xo‘jaligining yuklari hamda yo‘lovchilarni tashish, ogohlantiruv rejali ishlab chiqarishni ta'mirlash hisoblanadi:
- elektrovozlar VL80s, VL60 xajmda TO-3, TR-1, TR-1r, TR-3; TR-4;
- O‘zbekiston elektrovozlar seriyasi xajmda TO-3, TR-1, TR-1r, TR-3;
- elektrovozlar O’Z-Y xajmida TO-3, TR-1, TR-1r, TR-3;
- elektrovozlar O’Z-EL xajmida TO-3, TR-1;
- elektrovozlar O’Z-ELR xajmida TO-3, TR-1.
- teplovozlar 2,3 TE10M xajmida TO-3, TR-1;
- teplovozlar TEM2 xajmida TO3, TR-1, TR-3;
- elektropoezdlar ER9e, ER2m xajmida TO-3, TR-1, TR-1r, TR-3; TR-4;
Bugungi kunda depoda 96 ta elektrovozlarlar va 64 ta teplovozlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |