Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

 
INSHOGA EPIGRAF TANLASH 
 
Insho rejasi tuzib olingandan so‘ng mavzuga har tomonlama mos 
keladigan muqaddima so‘z (epigraf) tanlab olinadi. 
Inshoning mazmuniga mos keluvchi hikmatli so‘z, maqol, ibora 
yoki fikrlar epigraf deyiladi. Epigraf yunoncha yepigraphe  
“ustidagi”, “yozuv” ma’nosidagi so‘z bo‘lib, butun adabiy asar yoki 
asar qismining boshida berilgan va uning mazmunini ifodalaydigan 
sitata, ibora, maqolni ifoda etadi (O‘TIL, V, 43). 
Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning 
o‘ng chetiga yoziladi. Epigraf sifatida keltirilgan matndan so‘ng 
mazmunga ko‘ra nuqta, so‘roq, undov belgilaridan biri qo‘yiladi, 
muallif qavs ichida ko‘rsatiladi, qavsdan keyin tinish belgisi 
qo‘yilmaydi. Inshoda epigraf keltirilishi qat’iy talab emas, 
ixtiyoriydir. Inshoni epigrafsiz ham yozish mumkin. Shu bois 
epigrafni baholash mezonlariga kiritish ham maqsadga muvofiq emas. 
Shuni ham nazarda tutish lozimki, mavzuni yoritishga xizmat 
qiluvchi, mazmunni tavsiflovchi epigraflar asosiy mohiyatni yuzaga 
chiqarishga xizmat qiladi, muallif mahoratini namoyon qiladi. 
Epigraf to‘g‘ri tanlanishi va maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. 
Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga epigraf keltirilgan asarlar, 


32 
insholarning mohiyatini tushuntirishi, epigrafga yuklangan mazmun 
haqida tushuncha berishi lozim. Masalan, epigraf borasida yozuvchi 
Abdulla Qahhorning ijodkorlik mahoratini namuna sifatida keltirish 
kifoya. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasiga Otning o‘limi – 
itning bayrami maqoli epigraf qilib olingan. Ot timsoli Qobil boboni, 
uning o‘limi ho‘kizning o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq baxtsizlikni, it 
timsoli Qobil bobo atrofidagi poraxo‘r, vaziyatdan unumli 
foydalanadigan amaldorlarni, bayram esa ular uchun yuzaga kelgan 
imkoniyatni ifoda etadi. “Bemor” hikoyasiga epigraf sifatida 
tanlangan Osmon uzoq – yer qattiq maqoli esa “ilojsizlik” 
tushunchasini 
ta’sirchan 
ifodalashga 
xizmat 
qilgan. 
Yoki 
Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romaniga epigraf sifatida keltirilgan 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling