103
“yo‘qolgan oltin topilar, yo‘qolgan vaqt topilmas” deb. Shuning
uchun ham bo‘sh vaqt qoldirma, kitoblar o‘qi, oyingga yordam ber,
shunda o‘ylagan niyatingga erishib, yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayasan.
RAQAMLAR ISHTIROKIDAGI MATN
Mubina va Muslima
Mubina aqlli, ziyrak va odobli qiz. U ikki uy narida turadigan
qo‘shnimiz Dilfuza opaning qizi bo‘lsa-da, menga singlimdek bo‘lib
qolgan. U yetti yoshda bo‘lishiga qaramay besh yoshli ukasi
Javohirbekka yozish-chizishni o‘rgatadi. U o‘qituvchisidan bugun
dars davomida o‘rganib kelganlarini shu kuni ukasiga bitta ham
qoldirmay o‘rgatadi.
Mubina ikkinchi singlim Muslima bilan yaqin dugona ham
sinfdosh bo‘ladi. Bu ikki o‘rtoqning fe’l-atvori ham bir tomchi suvdek
o‘xshash. Yurishi, turishi, gapirishi, kiyinishi xuddi egizaklardek.
Lekin shunisi yomonki, Ali desang, Vali deyishadi, bitta savolga o‘nta
javob beradiganlardan. Juda sersavol, hamma narsaga qiziqishadi.
Bitta savolidan to‘liq qoniqmagunlaricha so‘rashdan to‘xtashmaydi.
Yana o‘xshash tomoni shundaki, hatto tug‘ilgan sanalari ham bir xil:
2009-yil 16-dekabr.
Mana ikki yildan buyon qishning o‘n oltinchi kunida bu ikki
dugonaning quvonchiga o‘rtoqlari ham sherik bo‘lishmoqda. Ular
213-maktabning 2-sinfida, bitta sinfda o‘qishadi. Bilimga chanqoq,
harakatchan, intiluvchan bo‘lishgani sababli 6 yoshdanoq maktabga
borishgan. Mubina va Muslima bir yildayoq sinfning yetakchi
o‘quvchilariga aylanib olishdi. Hozirda esa sinfning a’lochi
o‘quvchilari beshtaligidan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band qilib
turishibdi. Har doim besh baho olib, uka-singillariga o‘rnak bo‘lishga
harakat qilishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |