25
qayd etilgan fikrdan keyin nima haqida bayon qilishni aniq his qilib
turadi. Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko‘rinishda bo‘ladi.
Odatda, erkin va ijodiy mavzulardagi
insholar yozilayotganda
yoki aniq bir yozuvchining ijodiga baho berilayotganda sodda
shakldagi insho rejalaridan foydalaniladi. Bunda rejadagi har bir band
qisqa va sodda gaplardan iborat bo‘ladi. Sodda shakldagi insho rejasi
tuzilayotganda
mavzuga
har
tomonlama
mos
keladigan
materiallardan, xalq maqollaridan
va ibratli gaplardan, hikmatli
so‘zlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘zida insho mavzusining barcha jihatlarini
yaqqol aks ettirib
turgan reja namunalari insho mazmunining ixchamlashtirilgan
shakllaridir. Yaxshi tuzilgan rejalar inshoning yo‘nalishi,
tarkibiy
qismlari, mavzuning izchilligi haqida aniq bir tasavvur beradi. Bunday
tipdagi insho rejalaridagi tartib arab raqamlari bilan belgilanadi va reja
bandlari oxirida nuqta qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: