Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

INSHO YOZISH TALABLARI 
 
Ta’kidlanganidek, insho yozish ko‘nikmalarini egallashga 
boshlang‘ich ta’lim jarayonidan e’tibor berish kerak. Talab 
darajasidagi insholarni shakllantirishning bir qator omillari keltirilgan: 
1. O‘quvchilarning adabiyot fani asoslarini o‘zlashtirish 
manbalaridan hisoblangan darslik.
2. Mazkur darslikdagi ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish 
yo‘llarini ko‘rsatuvchi metodik qo‘llanmalar.
3. O‘quvchilarga fan asoslarini tushuntiruvchi o‘qituvchi.
4. 
Bevosita 
o‘quvchilarning 
o‘zlari. 
Insholardagi 
o‘xshashliklarning ko‘pligi, bir xil quyma fikrlarning takrorlanishi
mustaqil yondashuv kamligi shu omillarga amal qilmaslik natijasi 
ekanligi ta’kidlangan: “Bu to‘rt omilning birortasi talab darajasida 
bo‘lmasa, o‘qish-o‘qitish jarayonida nomuvofiqlik vujudga keladi. 
Ta’lim oldiga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish mushkullashadi. 
Vaholanki, hozirgi kunda na maktab darsligi, na metodik 
qo‘llanmalarimiz, na o‘quvchilarning adabiyot darslariga bo‘lgan 
qiziqishlarini qoniqarli, deb bo‘lmaydi. Hatto o‘qituvchilar ham o‘z 
vazifalariga mas’uliyat bilan qaramoqdalar, deyish qiyin”.
10
Afsuski, 
o‘n olti yil oldin aytilgan bu fikrlar hozirgi voqelik uchun ham begona 
emas.
Inshoda o‘quvchining ona tili va adabiyotdan olgan bilimlarini 
amalda qo‘llash ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyati, yozma nutq 
malakalari to‘la namoyon bo‘ladi. 
Og‘zaki nutq  tovushlar vositasida ifoda etiladigan nutq bo‘lib,
ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Og‘zaki nutqda 
ko‘proq sodda gaplardan foydalaniladi. O‘quvchi tinglovchiga axborot 
beradi, ma’lumot uzatadi, his-hayajoni, munosabatini ifodalaydi.
Yozma nutq harf va so‘zlarning ma’lum qonuniyat asosida 
o‘zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar: abzatslar, 
10
Мадаев О. Иншо қандай ёзилади? Ўрта махсус ўқув юртларининг ўқитувчилари учун методик 
қўлланма.-Т.:Ўқитувчи,1991.-Б.3.


35 
paragraflar va gaplar orqali fikrni grammatik jihatdan aniq va 
tushunarli bayon qilishdir. Og‘zaki nutq ham, yozma nutq ham 
monologik, dialogik va polilogik shakllarga ega. 
Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi 
bo‘lib, ma’lumot uzatish, xabar berish, o‘qilganni qayta so‘zlab berish 
shaklida namoyon bo‘ladi. Insho matni monologik nutq tarzida 
namoyon bo‘ladi. 
Yozma nutq ustida ishlash og‘zaki nutqqa qaraganda ancha 
murakkab jarayondir. Bunda o‘quvchidan grammatik va mazmun 
jihatidan to‘g‘ri jumla qurish, har bir so‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri 
qo‘llash, fikrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon
ifodalash, bayon qilingan fikrlar asosida xulosalar chiqarish talab 
etiladi. Yozma nutq imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog‘liq. 
So‘zni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini o‘rinli qo‘llash, fikrni uslub 
talabiga muvofiq bayon qilish o‘quvchidan katta mas’uliyatni talab 
etadi. 
Yozma nutq tekshiriladi, tuzatiladi, takomillashtiriladi, bu 
jihatdan u og‘zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. 
O‘quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni 
bartaraf etadi, keyingi ishlarda bu xato va kamchiliklarga yo‘l 
qo‘ymaslikka intiladi. Yozma nutqdagi imlo va tinish belgilari ustida 
ishlash matn mazmuni ustida ishlash bilan yaxlit birlik hosil qiladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling