J j harfi har ikki alifboda ikki vazifani bajaradi: til oldi,
portlovchi qorishiq j undoshini ifodalaydi: juma, janub, jo‘ja, jiyan;
arab va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagi til oldi, sirg‘aluvchi
tovush ifodasi uchun ishlatiladi: jurnal, ajdar, jyuri.
Har ikki alifboda ham o‘zbek tiliga xos bo‘lgan jarangli, til orqa
ӊ burun tovushini ifodalash uchun n va g harfiy birikmasidan
foydalaniladi: n+g: sen+ga, tun+gi; ng→ ң: : de-ngiz, ko‘-ngil, si-
ngil, to-ngi.
1995-yil 24-avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari
(lotin yozuvi asosida)» qabul qilindi. Qoidalar 82 band, 7 bo‘limdan
iborat.
Insho matnida uchraydigan imlo xatolarining aksariyati quyidagi
qoidalarga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi.
Unlilar imlosi. Urg‘usiz bo‘g‘inlarda o tovushi a tarzida
aytiladi: kanstitutsiya, arfografiya, fanetika. Lekin konstitutsiya,
orfografiya, fonetika yoziladi. Rus va yevropa tillaridan kirgan
so‘zlarning oxirgi urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan o unlisi qisqa i tarzida
eshitiladi, lekin har doim direktor, traktor, rektor, konduktor,
irrigator, diktor (va b.) tarzida yoziladi.
Yonma-yon keladigan unlilar orasida talaffuzda y tovushi aytilsa
ham yozilmaydi: shoir, shariat, maishat, doim, oila, teatr, diagnoz,
material, filial, million, aerodrom, aloe kabi.
Mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda tutuq belgisi
qo‘yilmaydi.
Undoshlar imlosi. Insholarda ko‘zga tashlanadigan imlo xatolari
orasida eng ko‘p kuzatiladigan nuqson x va h imlosi bilan bog‘liq
xatolardir. Ko‘p hollarda xalq, axloq, ruxsat, ro‘yxat, hodisa, nusxa,
46
sahna, tuhmat kabi so‘zlarning yozilishi bilan bog‘liq xatolar
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |