Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoshma va juft so‘zlar imlosi.
k va q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi
qo‘shimchasi qo‘shilganda g undoshi k va q tarzida aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yurakka, qishloqqa, toshloqqa kabi. Xuddi shunday o‘zaklarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda o‘zak oxiridagi k undoshi g ga, q undoshi g‘ ga aylanadi va shunday yoziladi: tilagi, yuragi, bulog‘i, qishlog‘i. Bir qator so‘zlarda tovush o‘zgarishi sodir bo‘lmaydi: ittifoqi, idroki, toki, ocherki, tasdiqi, tatbiqi. -ta, tacha lug‘aviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimchasi bilan kelgan so‘zlarni ba’zan qo‘shib (5ta), ba’zan ajratib (5 ta) yozish hollari kuzatiladi. Son bilan yozganda imkon qadar hisob so‘zlaridan foydalangan ma’qul: 77 dona, 5 nafar kabi (qiyos: 1-sentyabr 1chi sentyabr tarzida yozilsa, xato bo‘lar edi). -ta, tacha qo‘shimchalarini raqam emas, so‘z ko‘rinishidagi sonlarga qo‘shish to‘g‘ri bo‘ladi: o‘nta, beshtacha. Lekin shunday hollar bo‘ladiki, narsa-hodisa, voqelik miqdorini ta’kidlab ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Shunday hollarda qo‘shimchani, garchi mantiqqa zid bo‘lsa-da, ko‘rinish talabiga muvofiq raqamdan ajratib yozish kerak: 5 ta, 7 ta. Qoshma va juft so‘zlar imlosi. Har, hech, bir, u, shu, o‘sha, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan birlikdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, osha joyda, hamma vaqt kabi Hamma, har, hech, u, bu so‘zlari bilan yasalgan olmosh va ravishlar: hamma vaqt, har kim, hech qanday, u yerda, bu vaqt; birinchi so‘zi bir, har, hech olmoshlaridan iborat bo‘lgan qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi (birpas, biryo‘la, birvarakay so‘zlari bundan mustasno). Sifatlar oldidan to‘q, jiqqa, tim, liq kabi so‘zlar kelsa, ajratib yoziladi: to‘q sariq, jiqqa ho‘l, tim qora, liq to‘la va b; Belgining ortiqlik hamda uzviylik darajasini ko‘rsatuvchi: ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, uzundan uzun, yildan yilga, kundan kunga kabi birliklar ajratib yoziladi. Bilan va uchun ko‘makchilarining qisqargan -la va -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun singari. Dardi bedavo, bodi sabo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi. Izofali birikmalarni qo‘shish uchun unlidan so‘ng kirill yozuvidagi i o‘rniga (ойнаи жаҳон, таржимаи ҳол, нуқтаи назар, 48 рўйи замин) yi yoziladi: oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar, ro‘yi zamin. Juft so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: yaxshi-yomon, erta-kech, qishin-yozin. Juft so‘zlar orasida -u, -yu yuklamalari qo‘llansa, yuklamalar birinchi so‘zga chiziqcha bilan birikadi; ikkinchi so‘z ajratib yozilaveradi: yer -u osmon, yor-u do‘st, kecha-yu kunduz, past-u baland (kirill yozuvida chiziqcha qo‘yilmaydi, yuklama birinchi so‘zga qo‘shib yoziladi: яхшию ёмон, еру осмон, дўсту ёр). So‘zlarga chiziqcha bilan yoziladigan yuklamalar qo‘shilganda morfologik yozuv qoidasiga amal qilish maqsadga muvofiq: “Kim edik-u, kim bo‘ldik?”, Ko‘p o‘qidik-u, lekin hali ko‘p uqmabmiz. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling