Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Oo harfi ham ikki vazifani bajarib kelmoqda. Bir tomondan,  o‘zbek tiliga xos, lablanmagan, keng, til orqa a (o)


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Oo harfi ham ikki vazifani bajarib kelmoqda. Bir tomondan
o‘zbek tiliga xos, lablanmagan, keng, til orqa a (o) fonemasini 
ifodalasa, ikkinchi tomondan, rus-baynalmilal so‘zlardagi lablangan
til o‘rta o (o‘) fonemasini aks ettiradi. 
O‘zbek shevalarining aksariyatida unlilar soni sakkiz-to‘qqiz
atrofida. Shunga qaramasdan, o‘zbek alifbosida unlilar olti harf bilan 
ifodalanadi. 
Turkiy tillarning asosiy qismi uchun xos bo‘lgan uyg‘unlashuv 
qonuniyati (singarmonizm) so‘zda faqat old qator unlilari yoki orqa 
qator unlilarining kelishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida 
umumturkiy [o] va [ö] unli tovushlari bir [o] harfi bilan ifodalanadi, 
[u] i [ü] unlilari - [u] bilan, a [ı] i [i] unlilari - [i] harfi bilan beriladi.
Unlilar singarmonizmi elementlari qipchoq shevalaridagina 
saqlanib qolgan. Bu, asosan, ko‘pgina hollarda umumturkiy [a] ning
[o]ga o‘tishi bilan belgilanadi. 
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi. Ma’lumki, 
yozuv masalasi xalqning, millatning ma’naviy madaniyati 
hisoblanadi. Yozuv almashuvi ham davr taqozosi tufayli yuz beradi.
O‘zgargan shakldagi lotin alifbosiga qaytish tilni, uning tabiiy 
holatini saqlash va rivojlantirish maqsadiga yo‘naltirilgan. Bu
harakat millatning o‘zligini asrash va rivojlantirish demakdir, zero, til 
millat mavjudligining birinchi shartidir. 
Hozirgi o‘zbek alifbosi lotin yozuviga asoslanganligi tufayli 
lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek alifbosi deyiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi 
sessiyasi (1993- yil 2-sentabr) “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek 
alifbosini joriy qilish to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. Lotin yozuviga 
asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish dunyo fani va texnikasiga 
11
Ma’lum davrlarda помещик, ямщик, мещан kabi sanoqli so‘zlardagi щ ifodasi uchun шч harfiy birikmasi 
olingan edi: помешчик, ямшчик, мешчан. Lotin alifbosida bu tovush shsh tarzda ifodalanishi qoidalashtirildi: 
meshshan. Bu holat so‘zning talaffuzi va imlosida ham nomuvofiqlikni yuzaga keltiradi. Hozirgi vaqtda mazkur 
tovushni ifodalashga, deyarli, hojat yo‘q.


43 
yaqinlashish, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘laroq va 
aniqroq ifodalash maqsadida amalga oshirildi. "Ushbu qonun 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o‘zbek 
yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929-1940- yillardagi ijobiy 
tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-
xohishlarni inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol 
topishi va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi 
qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi”.
12
Mazkur qonunga muvofiq 
lotin alifbosi o‘ttiz bitta harf va bitta tutuq belgisi (apostrof)dan iborat, 
deb belgilandi. Qonunning 2-moddasida lotin yozuvi asosidagi o‘zbek 
yozuvini joriy etish bilan birga O‘zbekiston xalqining milliy iftixori 
bo‘lmish bebaho ma’naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirilitsani 
o‘rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab 
qolinishi ta’kidlandi. 
1995- yilning 6- mayida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek 
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish 
haqida qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra:
1) 1-moddadagi «31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof) dan» 
so‘zlari «26 harf va uchta harflar birikmasidan» so‘zlari bilan 
almashtirildi;
2) Ss, Jj harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan 
chiqarildi;
3) Õ õ harfi O‘o‘ shaklida, Ģģ harfi G‘g‘ shaklida, Şş harfi Shsh 
shaklida, Çç harfi Chch shaklida, Ññ harfi Ngng shaklida, Q harf 
belgisi q shaklida ifodalandi; 
4) Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq, O‘o‘, Zz harflari va Ch ch harflar 
birikmasining yozma shakli tegishli tarzda ifodalandi. 
Yangi o‘zbek alifbosi amaldagi kirill alifbosidan harflar tartibi, 
ayrim harflarning o‘zgartirilgani bilan ham farqlanadi. Kirill 
alifbosidagi yo-lashgan unlilar (e, ё, ю, я) quyidagicha ifodalanadi: 
kirill alifbosidagi yo-lashgan unlilar tovush ifodalashiga ko‘ra 
ikkita harf bilan ifodalanadi:
→ ye: eл yel, елкан yelkan; 
e→е (bu unli bir harf bilan ham ifoda etilishi ham mumkin): 
келин kelin, тер ter
ё→yо: ёрқинyorqin, ёш yosh 
12
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Akademik litsey o‘quvchilari uchun darslik.-T.,2013


44 
ю→ yu: юлдуз yulduz, ютуқ yutuq
я →ya: яшил yashil, яхши yaxshi

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling