Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Asosiy qism»
10—15%
70—80% 10—15% Foiz nuqtayi nazaridan inshodagi qismlar o‘rtasida nomuvofiqliklar uchrasa, xususan, kirish va xulosa qismi kengaytirilib yuborilgan bo‘lsa-yu, asosiy qism hajmi kam bo‘lib qolgan bo‘lsa, bu holat inshoning mazmuniga jiddiy darajada putur yetkazishi mumkin. Inshoni baholayotganda, albatta, bular ham hisobga olinadi. Kirish qismida o‘quvchi insho mavzusiga oid dastlabki mulohazalarini bayon etadi. Odatda, inshoning «Kirish» qismida yozuvchining hayoti va ijodi bo‘yicha umumiy, qisqa va aniq fikrlarni bitish maqsadga muvofiqdir, shuningdek, bu qismda ma’lum bir asarning yaratilish tarixi yoki g‘oyaviy yo‘nalishlari haqida ham yozish mumkin. Mavzuning dolzarbligi, uni izohlash, mavzuga murojaat qilishdan maqsad shu qismda aks etadi . Masalan, “Ona yurt tabiati” mavzusidagi inshoning kirish qismida ona tabiatning diqqatga sazovor jihatlari va ona yurt tabiatining go‘zalligini asrab-avaylash masalasining dolzarbligi dalillar asosida yoritiladi. «Asosiy qism» – inshoning eng muhim qismidir. Bu qismda mavzu mohiyati ochib beriladi, inshoning mazmuni bayon etiladi. “Ona yurt tabiati” mavzusidagi inshoning asosiy qismida tabiatning sehrli jilvalari, badiiy adabiyotdagi talqini haqida so‘z yuritiladi. O‘quvchi oddiy bayon yoki hikoya qilishdan qochib, tabiat go‘zalligidan olingan eng yorqin taassurotlarini ta’sirchan ifoda etishi lozim bo‘ladi. Tasavvurlarini yanada yaqqolroq aks ettirish uchun tabiatning so‘lim, mo‘jizakor go‘shalariga xayolan sayr uyushtirishi, ko‘z o‘ngidagi voqelikni tavsiflashi, tabiatning inson ruhiyatiga ta’sirini, yil fasllarining inson hayotidagi ahamiyatini yoritishi talab etiladi. Inshodagi «Asosiy qism» ishning butun mazmunini, g‘oyaviy yo‘nalishlarini, o‘quvchilarning dunyoqarashini, fikrlash doirasini o‘zida yaqqol ifodalab turuvchi bo‘lim sanaladi. 40 Asosiy matnda o‘quvchining ma’lum bir insho mavzusi yuzasidan mulohazalari, fikrlari o‘z aksini topmog‘i darkor bo‘ladi, shuning uchun ham insho yozayotgan shaxslarga o‘zlari uchun aniq bo‘lmagan, mavhum mavzular bo‘yicha yozma ish yozish tavsiya etilmaydi. Shunisi qiziqki, aksariyat o‘quvchilar adabiyot tarixida muhim o‘rin tutgan mashhur asarlarni o‘qimasdan turib ham ulardagi timsollar yoki asarning mazmuni haqida insho yozishga kirishaveradilar. Natijada ular asar mazmun-mohiyatini yaxshi anglamaganliklari uchun ko‘plab chalkashliklarga, noaniqliklarga yo‘l qo‘yadilar. Bunday salbiy holatlarga duch kelmaslik uchun o‘quvchilar, birinchi navbatda, darsliklardagi materiallardan yaxshi xabardor bo‘lishlari lozim. Shundagina o‘quvchilar inshoning asosiy qismida mavzu yuzasidan o‘zlarida hosil qilingan bilim va ko‘nikmalarni qiynalmasdan, batafsil bayon qila oladilar. Xulosa qismida ijodiy ishning natijasi aks etadi. Insho mavzusi bo‘yicha xulosalar chiqariladi. Xulosa qismi qisqa, lekin asosli bo‘lishi lozim. Insho matnini aniq, ravshan va ishonchli tarzda yakunlash talab etiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan “Ona yurt tabiati” mavzusidagi inshoning xulosa qismida ona yurt tabiatining asosiy xususiyatlari qayd etiladi, tabiatning inson hayotidagi qiymati ta’kidlanadi. Inshoning mazkur qismida o‘quvchining insho mavzusi bo‘yicha umumiy xulosalari, mazmunning hozirgi davr bilan bog‘liq jihatlari, asarning tarbiyaviy ahamiyati, timsollarning zamondoshlarimiz uchun namunaviy tomonlari haqida fikr yuritiladi. Yozuvchining ijodi bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirilayotganda, timsollarga tavsif berilayotganda shoshma- shosharlik bilan ish tutish, chala fikrlarni bayon etish yaramaydi. Aytilayotgan fikrlar she’riy va nasriy parchalar bilan asoslangan taqdirdagina insho mazmuni risoladagidek bo‘lishi mumkin. Har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llash, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga va shevaga xos so‘zlardan qochish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish inshoning qimmatini oshiradi. Yozilayotgan har bir gapda o‘quvchining ijodkorligi, mustaqil fikrlashi barq urib turmog‘i kerak. Xullas, insho yozish o‘quvchidan, birinchi navbatda, bilim va malaka, e’tibor, mustaqil fikrlash hamda ijodkorlikni talab qiladi. 8. Insho matni imlo qoidalariga muvofiq holda aks ettirilishi talab etiladi. Yozma ish adabiy til me’yorlariga asosan shakllantiriladi. 41 Imlo qoidalariga, uslubiy me’yorlarga amal qilinmagan hollarda matnda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Xatolarning quyidagi turlari bor: imlo xatolari, punktuatsion xatolar, uslubiy xatolar, mantiqiy xatolar. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling