Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Imlo xatolari – kirill va lotin alifbosi asosidagi yozuv 
qoidalarini farqlamaslik, so‘zlarni yozma tarzda ifodalashda, qo‘shib, 
ajratib, chiziqcha bilan yozishda, tutuq belgisini qo‘llashda yo‘l 
qo‘yiladigan xatolar. 
Inshoda alifbodan va alifbo asosidagi imlo qoidalaridan 
foydalanish tartibiga rioya qilish lozim. Hozirda ikki xil yozuvdan 
foydalanilmoqda. Bu yozuvlarni ifoda etishda imlo qoidalarini 
qorishtirib yubormaslik kerak.
Kirill yozuvi asosidagi «O‘zbek 
orfografiyasining asosiy qoidalari» 1956-yilda O‘zbekiston Oliy 
Kengashining Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, 72 
paragrafdan iborat. 
Davriy nashrlarda, reklama, e’lonlar matnida kirill va lotin 
alifbosi imlo qoidalarini farqlamaslik hollari kuzatilmoqda. Masalan, 
апрел, факултет, албом yoki ob’ekt, Yu.Hakimov kabi imlo xatolari 
ko‘p uchraydi. O‘rni kelganda shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, 
ayrim gazeta va jurnallar tahririyati, nashriyotlardagi mutaxassislar 
davr talablaridan kelib chiqqan holda ko‘plab rus-baynalmilal 
so‘zlarini shakliy yozuv qoidasi asosida emas, fonetik tamoyilga 
ko‘ra, qanday aytilsa, yozuvda shunday shaklda ifodalashmoqda. 
Bundan tashqari, nomlarning – atamalarning ishlatilishida xilma-
xilliklar kuzatilmoqda. Bunday paytlarda o‘quvchilarda, qaysi biri 
to‘g‘ri: «Klassik adabiyotmi, mumtoz adabiyotmi?», «Samolyot deb 
yozsak to‘g‘ri bo‘ladimi yoki tayyora?», «Internatsional o‘rniga 
baynalmilalni qo‘llasak, tog‘rimi?» degan qator savollar paydo 
bo‘lishi tabiiy. 
Tilimiz uchun qayg‘urayotgan, uning mavqeyi uchun jon 
kuydirayotgan hamyurtlarimizning til borasidagi har qanday xatti-
harakatlarini qo‘llab-quvvatlash kerak. Lekin ular tomonidan tavsiya 
qilinayotgan holatlar hali mutaxassislar tomonidan imlo qoidalariga 
muvofiq ravishda qonunlashtirib berilganicha yo‘q. Shuning uchun 
ham o‘quvchilar matbuotda yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlarni 
takrorlamasliklari, o‘z insholarida hozirgi imlo qoidalariga 
asoslanishlari lozim.
1940-yil 8-may kuni qabul qilingan farmonga ko‘ra arman, 
gruzin, Boltiqbo‘yi aholisidan tashqari bir qator xalqlar rus (kirill) 


42 
yozuvi asosidagi alifboga o‘tdilar. 1940-yildan boshlab amaldagi rus 
grafikasiga o‘zbek tiliga xos o‘, q, g‘, h harflari kiritildi.
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosida o‘ttiz uchta harf va 
ikkita maxsus belgi bor. O‘zbek yozuviga rus tiliga xos ы, щ 
harflaridan tashqari barcha harflar qabul qilingan. Щ tovushi 
o‘zlashgan so‘zlar imlosida шч bilan, ы tovushi i bilan ifodalanadi.
11

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling