Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Tinish belgilari xatosi –


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Tinish belgilari xatosi – tinish belgilarini qo‘llash bilan bog‘liq 
xatolar. Maqsad, fikr og‘zaki nutqda ma’lum ohang bilan, yozuvda esa 
gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali aks ettiriladi. 
Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda aks ettiruvchi zaruriy 
vositadir. So‘zlovchining maqsadini tinish belgilari orqali bilib olish 
mumkin: Mehmon keldi. Mehmon keldi! Mehmon keldi? Bu uch 


51 
gapdagi xabar, his-hayajon, so‘roq mazmuni gaplardan so‘ng 
qo‘yilgan tinish belgilari orqali ifodalanadi. 
Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik 
qurilishiga ko‘ra qo‘llanadi.
Tinish belgilarining qo‘llanishi gap tuzilishi va mazmuniga ta’sir 
qiladi: O‘qi, o‘qi bobong kabi, nodon bo‘lma - O‘qi, o‘qi, bobong kabi 
nodon bo‘lma. Birinchi holatda bobo o‘qimishli ekanligi, ikkinchi 
gapda esa o‘qimaganligi ifodalangan. 
O‘zbek tilida o‘nta tinish belgisi mavjud bo‘lib, insholarda ko‘p 
kuzatiladigan punktuatsion xatolar quyidagi tinish belgilariga oiddir. 
Qavs misol yoki ko‘chirmaning manbaini ko‘rsatadi: Oh, Hirot, 
Hirot!(0.) «Turkona uslub» (Navoiy) turkiy tillarga xos uslubdir. 
Ajratilgan bo‘laklar, kiritmalarda qavsdan oldingi tinish belgilari 
(vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul) qavsdan keyinga ko‘chiriladi: 
Erkaklarning biri – markaziy gazetaning muxbiri, ikkinchisi – injener 
(Mavlonbek uni Fyodor Mahkamovich der edi. U qiz esa Moskvada 
institutni bitirib, hozir shu injenerning qolida tajriba korib yurgan 
ekan). (A.Q.) 
Ko‘p nuqta fikr tugallanmagan yoki qisqartirilgan o‘rinlarda, 
aytish noo‘rin bo‘lgan vaziyatlar ifodasida qo‘yiladi.
Tire quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi: 
1) ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalangan ega bilan 
bog‘lamasiz kesim orasida: Yurgan – daryo, otirgan – boyra; 
2) ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zlari bilan ajratilganda ham 
ega va kesim orasida tire ishlatiladi, tire so‘zlardan oldin qo‘yiladi. 
Masalan: Tinchlik – bu sevinchdir, hayotda lazzat, Tinchlik – bu 
totuvlik, har ishda orom; 
3) gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, 
kesim tarkibida kesimlik qo‘shimchasi yoki bog‘lama bo‘lmaganda: 
Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. Maqsadim – o‘qimoq;
4) ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganda: Bu – siz uchun 
katta sinovdir;
5) eganing ma’nosi ta’kidlab ko‘rsatilganda: Men – mana shu 
minglarning biriman. 
Eslatma: agar ega bilan ot kesim orasida ham yordamchisi 
bo‘lsa, tire qo‘llanmaydi: Bular ham a’lochi. Mening opam ham 
talaba. Nazokat ham toquvchi. Kesim sifat va tartib son bilan 
ifodalanganda ot kesim va ega orasida tire qo‘yilmaydi: Vatanimiz 


52 
go‘zal. Bino katta. Qizilqum sahrosi bepoyon. Bu qovun shirin. 
Ko‘ylakning rangi sariq. Bizning guruhimiz birinchi; 
6) uyushiq bo‘laklardan so‘ng kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan 
oldin: Suv, yer, elektr – bular hayot bahoriga yangi gozallik va yangi 
nash’a bagishlovchi kuchlar edi. (O.) 
7) muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida: «Nega buncha kech 
qolding, Manzura!» – dedi Aziz mehribon tovush bilan. (Asq. M.) 
9) dialog tipidagi ko‘chirma gaplarda ishlatiladi. 
Tireni juft va takror so‘zlar o‘rtasida, yuklamalardan oldin 
qo‘yiladigan chiziqcha (defies)dan farqlab yozish kerak.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling