Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Narsa-hodisalarni, 
voqelikni 
tasvirlash 
usulidan 
foyadalanish mumkin. Ona tili mashg‘ulotlarida narsa-buyum
hayvonlar, voqea-hodisalar; insonning tashqi qiyofasi, tabiat manzarasi, 
ma’lum bir joyning (mas., sinf xonasi, darsxona), tasvirini yaratishga 
doir topshiriqlar berilishi mumkin. O‘quvchilar qish, bog‘ haqida 
og‘zaki va yozma matnlar yaratishga juda qiziqadilar. Topshiriqlar 
quyidagi mazmunda bo‘lishi mumkin: 
alohida narsa-buyumlarni tasvirlash. Turmushdagi alohida 
narsa-buyumlarni og‘zaki tasvirlash maktabgacha bo‘lgan davrda 
shakllana boshlaydi. Bu muhim topshiriq boshlang‘ich sinflarda ham 
amalga oshiriladi va ona tilining izchil kursini o‘rganish jarayonida 
davom ettiriladi. O‘quvchilar ona tili mashg‘ulotlarida istalgan narsa-
buyum (masalan, kitob, kundalik, yozuv stoli, deraza, chizg‘ich, 
chinor, dastro‘mol kabilar)ning oddiy, ilmiy va badiiy tasvirini 
yaratishlari mumkin. Bunday matnda o‘quvchi o‘xshatish, jonlantirish 
kabi tasviriy vositalarni, badiiy so‘z va iboralarni, sifatlash, mubolag‘a 
kabi usullarni qo‘llay olishi kerak bo‘ladi. Tasviriy insho yaratishdan 
bog‘lanishli nutqni o‘stirishda, she’riy matnlarni tahlil qilishda
masalan, Oybekning “Na’matak” she’rini, A.Oripovning “Men nechun 
sevaman O‘zbekistonni?” she’ridagi voqelikni tasvirlashda foydalanish 
mumkin. 
Narsa-buyum tasvirini yaratishda tabiiy ashyolardan unumli 
foydalanish tavsiya etiladi: 
– 
hayvonlar tasvirini yaratish. Ma’lumki, o‘quvchilar 
hayvonlarni juda yoqtirishadi. Shuning uchun ularga hayvonlar haqida 
fikr yuritish nisbatan qulay. Yozma topshiriqning bu turi, avvalo, 
tasvirlanayotgan hayvon haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lishni, uning 
qayerda yashashi, tuzilishi, rangi, harakatlari, nimalar bilan oziqlanishi 
kabilarni bilishni talab etadi. Ayniqsa, o‘quvchi o‘zi ko‘rgan, kuzatgan 
hayvonlarni tasvirlashni xush ko‘radi. 


62 
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning orzu-umidlari aks etgan 
insholardan ham foydalaniladi. “Agar men sehrgar bo‘lsam”, 
“Sinfdoshim Oybek 20 yildan so‘ng”, “Men maktabimizni kelajakda 
qanday tasavvur qilaman?”, “Men me’mor (o‘qituvchi, shifokor) 
bo‘lganimda...”, “O‘zbekiston XXI asr o‘rtalarida” kabi mavzularda 
yoziladigan insholar o‘quvchilarni ertangi kun haqida xayol surishga
o‘ylashga da’vat etadi; 
– 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling