Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


INSHO YOZISH KO‘NIKMALARINI EGALLASH SHARTLARI


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

 
INSHO YOZISH KO‘NIKMALARINI EGALLASH SHARTLARI 
 
Insho yozish talablarini to‘liq egallashning zarur shartlari 
quyidagilardan iborat. 
1. Fikrni yozma tarzda ifodalash ko‘nikmalarini hosil qilish 
muhimdir. Fikrni to‘g‘ri tartibga keltirish, ichki nutq holida 
shakllantirish talab qilinadi. Buning uchun esa boshlang‘ich sinfdan, 


59 
qolaversa, bog‘cha yoshidan o‘quvchilarni og‘zaki jumla tuzishga va 
uni yozma tarzda aks ettirishga (yozuvni o‘zlashtirganidan keyin)
o‘rgatib borish lozim. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi 
“Do‘stlik” mavzusida matn tuzing, “Rasm asosida hikoya yozing”, 
“Mehmondo‘stlik haqida o‘zaro suhbat tashkil qiling” tipidagi 
topshiriqlar insho yozish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhimdir.
2. So‘z semantikasi, so‘zlarni semantik muvofiqligiga ko‘ra 
birlashtirib, birikmalar hosil qilish va gap tuzish haqidagi topshiriqlar 
insho yozish ko‘nikmalarini shakllantiradi. So‘z semantikasini tahlil 
qilish, matn tuzishga oid topshiriqlarni o‘quvchi yoshi, saviyasiga 
qarab bosqichma-bosqich berib borish ahamiyatlidir.
Inshoni yanada mukammal yozish uchun, dastlab, bog‘lanishli 
matn tuzishni o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu matnlarni 
yaratish uchun kam vaqt, masalan, 5-15 daqiqa, berilishi lozim. Ana 
shunda zehn, diqqat, xotira, tezkorlik, tez fikrlash, topqirlik kabi 
sifatlar ham faollashtiriladi. 
So‘z tuzish, so‘z tahlili, matn yaratishga doir topshiriqlarning 
turli ko‘rinishlari bor. Jumladan: 
fonemalar asosida so‘z tuzish. Masalan, faqat jarangli 
undoshlar ishtirokida so‘z tuzish: javlon, jadval, maydon, nodon, 
roman, guldor, mardona kabi; faqat jarangsiz undoshlar ishtirokida 
so‘z tuzish: paxta, ko‘kat, shafqat, shashka, shaxta, shasht; faqat 
sonorlar ishtirokida so‘z tuzish: ro‘mol, marmar, norin, malol, mo‘l, 
rom; 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling