Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
ko‘chirma gaplarni ajratib ko‘rsatish uchun qo‘yiladi;
kinoya bilan aytilgan so‘z yoki so‘z birikmalari qo‘shtirnoqqa 
olinadi: - Rahmat, “juda xursand qildingiz…” . 
Badiiy asarlar, ayrim uyushma, korxonalar nomi, orden va 
medall nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi: «Layli va Majnun» dostoni, 
«Mustaqillik ordeni», «Yulduz» ishlab chiqarish birlashmasi. 
Qo‘shtirnoqqa olingan so‘z turlovchi qo‘shimcha bilan kelsa, bu 
qo‘shimcha qo‘shtirnoqdan keyin qo‘yiladi:... erining «kirdikori»dan 
xabardor bolganday o‘smoqchiladi Shakarxon. (H.N) 
Gaplar qo‘shtirnoqqa olinganda so‘roq, undov belgilari 
qo‘shtirnoq ichida, nuqta, vergul qo‘shtirnoqdan tashqarida qo‘yiladi.
So‘roq va undov belgilari, so‘roq belgisi va ko‘p nuqta, undov 
belgisi va ko‘p nuqta birikkan holda qo‘llanadi: Ayb kimda?... Uyatni 
bilasizmi!...
13

Ikki nuqta bilan tire ayrim hollarda bir xil vaziyat hosil qiladi. 
Masalan, bir o‘rinda ham ikki nuqta, ham tire qo‘yish mumkin 
bo‘ladi: To‘rt mashina sement yubordik: guruhlarga teng 
taqsimlansin. To‘rt mashina sement yubordik – guruhlarga teng 
taqsimlansin. Bunday holda mazmun o‘zgarmasa ham, uslubiyatda 
13
Tinish belgilari mazmuni akademik litsey darsliklari materiallari asosida yoritildi.


54 
farq seziladi: ikki nuqta qo‘yilganda izoh, tire qo‘yilganda ta’kid 
ifodalanadi. Bunday holat boshqa tinish belgilari bilan bo‘lgan 
munosabatda ham namoyon bo‘ladi. Ya’ni bir gap mazmunidagi qaysi 
uslubiy jihat ustunligiga qarab, vergul, ikki nuqta, tire qo‘yiladi: Suv 
keldi, qaqragan cho‘llar obod bo‘ldi. Suv keldi: qaqragan cho‘llar 
obod bo‘ldi. Suv keldi – qaqragan cho‘llar obod bo‘ldi. Vergul 
qo‘yilganda ketma-ketlik, ikki nuqta qo‘yilganda natija, tire 
qo‘yilganda ta’kid ma’nolari ifodalanadi. Shu bois bunday o‘rinlarda 
qaysi tinish belgisi qo‘yilishini qat’iy tarzda qoidalashtirib bo‘lmaydi. 
Tinish belgisi maqsad va nutqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda 
qo‘yiladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling