Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

insonning 
tashqi 
qiyofasini 
tasvirlash. 
Ona 
tili 
mashg‘ulotlarida portret tasviridan ham keng foydalanish mumkin. 
Tasvirning eng murakkab ko‘rinishlaridan biri insonning tashqi 
qiyofasini aks ettirishdir. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi ota-onasi, 
aka-ukalari, sinfdoshlari, tanish-bilishlari, o‘qigan badiiy asari, ko‘rgan 
kinofilmi qahramonlarining tashqi qiyofasini tasvirlashi mumkin. 
Tashqi qiyofa ifodasi ham tasviriy inshoning boshqa turlari kabi 
ilmiy va badiiy ko‘rinishlarga ega. Ilmiy tasvirda odamning yoshi, yuz 
tuzilishi, ko‘zi, qulog‘i, burni, sochining rangi, bo‘yi, gavdasi kabilar 
aniq faktlarga asoslangan holda ko‘rsatiladi. Badiiy tasvirda esa 
o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a kabi usullardan 
foydalaniladi; 
– 
harakatni tasvirlash. Harakat tasvirini yaratish ham 
inshoning muhim turlaridan biridir. Bunday insholar bajarilgan, 
bajarilayotgan va bajariladigan ish-harakat mazmunini bayon qilishni 
talab etadi. Shu jihati bilan bunday insholar hikoya janriga yaqin turadi. 
Ammo bu insholarda tasviriylik hikoyaga qaraganda ustundir. Ilmiy 
insholarda 
harakatni 
tasvirlash 
uchun 
ko‘proq 
axborotdan 
foydalaniladi. Bunday matnlarda maslahat, tavsiya, ta’kid kabilar 
asosiy o‘rinni egallaydi. Badiiy insholarda ana shu harakatlarga badiiy 
bo‘yoq beriladi. O‘quvchi ba’zan hikoya usulidan foydalanib, o‘zining 
ichki kechinmalarini ham, bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ham 
ifodalaydi. 
Harakat tasvirining murakkabligini hisobga olib, avvalo, ishni 
o‘quvchilarga tanish jarayonlarni tasvirlashdan boshlash maqsadga 
muvofiqdir. Shubhasiz, kichik yoshli o‘quvchilar dars tayyorlash
o‘yin, maktab atrofini ko‘kalamzorlashtirish, suzish kabi jarayonlarni 
tasvirlasalar, katta yoshli o‘quvchilar murakkab ishlab chiqarish 
jarayonini tasvirlaydilar.
Harakat tasviriga oid insholarning muhim qismini reportajlar 
tashkil etadi. Biror kundalik voqea-hodisa, ishlarning borish tafsilotini 
dalillar, jonli tasvirlar asosida yorituvchi kichik badiiy asar reportaj 
sanaladi. Unda voqea sodir bo‘lgan joy, manzara, ishtirokchilar 
tasvirlanadi. 


64 
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni kichik reportajlar 
tayyorlashga o‘rgatib borish lozim. Ular sport musobaqalari, xalq 
sayllari bayramlaridan olib boriladigan kichik reportajlar tayyorlashlari 
mumkin. Reportaj mavzusi o‘quvchilar tomonidan tanlansa, u yanada 
qiziqarli bo‘ladi. 
Tasviriy insholar ona tili mashg‘ulotlarida keng tarqalgan insho 
turlaridan biri bo‘lib, nutqni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. 
O‘quvchilarning badiiy adabiyot ustida ishlashlari, hayotni, 
turmushni, tevarak-atrofni, odamlarni, hayvonot olamini doimiy 
ravishda sinchkovlik bilan kuzatishlari, o‘z taassurotlarini boyitib 
borishlari tasviriy insho yozishlari uchun qulay sharoit yaratadi.
Tasviriy insholarning aksariyati ijodiy xarakterda bo‘ladi. Ijodiy 
tasviriy insholar yaratishda kishilarning turlicha tasvirini ifodalovchi 
ijobiy bo‘yoqli so‘zlar lug‘atini tuzish, sinfdoshining xatti-harakatini 
baholab maqola yozish kabi yozma topshiriqlar berilishi joizdir. 
Masalan, “Do‘stning tashqi qiyofasini tavsiflash”, “Men yaratgan 
bog‘”, “O‘zbekistonning yangi inshootlari” kabi mavzularda ijodiy-
tasviriy insholar yozish mumkin. 
4. Ertak, hikoya yozish. Ma’lumki, o‘quvchilar juda ko‘p 
ertaklarni biladilar, ammo o‘zlari ertak yaratishga qiynaladilar. Bu 
ijodiy-amaliy ish turi o‘quvchilarning tasavvur olamini kengaytiradi
og‘zaki va yozma nutqini rivojlantiradi, ularni g‘aroyib voqea-hodisalar 
olamiga olib kiradi. Shuning uchun o‘qituvchi ona tili mashg‘ulotlarida 
ijodiy ishning bu turidan unumli foydalanishi lozim. O‘quvchilarni 
ertak yaratishga o‘rgatish, avvalo, ularni bu janrning o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bolalar ertakda 
voqeaning tuguni, rivojlanish nuqtasi va yechimi qanday tugashini 
bilishlari, uning til xususiyatlaridan xabardor bo‘lishlari, mubolag‘a, 
o‘xshatish, jonlantirish, kichraytirish kabi tasviriy vositalarni o‘z 
o‘rnida qo‘llash malakalariga ega bo‘lishlari kerak. Boshlanish qismi 
berilgan ertaklarni davom ettirish, berilgan rasmlar asosida ertak 
yaratish, qahramonlar nutqi tushirib qoldirilgan o‘rinlarni to‘ldirish 
kabilar o‘quvchilarning matn yaratish mahoratini oshiradi. 
Hikoya kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etilgan 
nasriy asar sanaladi. Bu asar uch tarkibiy qismdan iborat: a) tugun; b) 
voqea-hodisaning rivojlangan nuqtasi; v) yechim. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling