Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ertak, hikoya yozish.
insonning
tashqi qiyofasini tasvirlash. Ona tili mashg‘ulotlarida portret tasviridan ham keng foydalanish mumkin. Tasvirning eng murakkab ko‘rinishlaridan biri insonning tashqi qiyofasini aks ettirishdir. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi ota-onasi, aka-ukalari, sinfdoshlari, tanish-bilishlari, o‘qigan badiiy asari, ko‘rgan kinofilmi qahramonlarining tashqi qiyofasini tasvirlashi mumkin. Tashqi qiyofa ifodasi ham tasviriy inshoning boshqa turlari kabi ilmiy va badiiy ko‘rinishlarga ega. Ilmiy tasvirda odamning yoshi, yuz tuzilishi, ko‘zi, qulog‘i, burni, sochining rangi, bo‘yi, gavdasi kabilar aniq faktlarga asoslangan holda ko‘rsatiladi. Badiiy tasvirda esa o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a kabi usullardan foydalaniladi; – harakatni tasvirlash. Harakat tasvirini yaratish ham inshoning muhim turlaridan biridir. Bunday insholar bajarilgan, bajarilayotgan va bajariladigan ish-harakat mazmunini bayon qilishni talab etadi. Shu jihati bilan bunday insholar hikoya janriga yaqin turadi. Ammo bu insholarda tasviriylik hikoyaga qaraganda ustundir. Ilmiy insholarda harakatni tasvirlash uchun ko‘proq axborotdan foydalaniladi. Bunday matnlarda maslahat, tavsiya, ta’kid kabilar asosiy o‘rinni egallaydi. Badiiy insholarda ana shu harakatlarga badiiy bo‘yoq beriladi. O‘quvchi ba’zan hikoya usulidan foydalanib, o‘zining ichki kechinmalarini ham, bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ham ifodalaydi. Harakat tasvirining murakkabligini hisobga olib, avvalo, ishni o‘quvchilarga tanish jarayonlarni tasvirlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Shubhasiz, kichik yoshli o‘quvchilar dars tayyorlash, o‘yin, maktab atrofini ko‘kalamzorlashtirish, suzish kabi jarayonlarni tasvirlasalar, katta yoshli o‘quvchilar murakkab ishlab chiqarish jarayonini tasvirlaydilar. Harakat tasviriga oid insholarning muhim qismini reportajlar tashkil etadi. Biror kundalik voqea-hodisa, ishlarning borish tafsilotini dalillar, jonli tasvirlar asosida yorituvchi kichik badiiy asar reportaj sanaladi. Unda voqea sodir bo‘lgan joy, manzara, ishtirokchilar tasvirlanadi. 64 Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni kichik reportajlar tayyorlashga o‘rgatib borish lozim. Ular sport musobaqalari, xalq sayllari bayramlaridan olib boriladigan kichik reportajlar tayyorlashlari mumkin. Reportaj mavzusi o‘quvchilar tomonidan tanlansa, u yanada qiziqarli bo‘ladi. Tasviriy insholar ona tili mashg‘ulotlarida keng tarqalgan insho turlaridan biri bo‘lib, nutqni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarning badiiy adabiyot ustida ishlashlari, hayotni, turmushni, tevarak-atrofni, odamlarni, hayvonot olamini doimiy ravishda sinchkovlik bilan kuzatishlari, o‘z taassurotlarini boyitib borishlari tasviriy insho yozishlari uchun qulay sharoit yaratadi. Tasviriy insholarning aksariyati ijodiy xarakterda bo‘ladi. Ijodiy tasviriy insholar yaratishda kishilarning turlicha tasvirini ifodalovchi ijobiy bo‘yoqli so‘zlar lug‘atini tuzish, sinfdoshining xatti-harakatini baholab maqola yozish kabi yozma topshiriqlar berilishi joizdir. Masalan, “Do‘stning tashqi qiyofasini tavsiflash”, “Men yaratgan bog‘”, “O‘zbekistonning yangi inshootlari” kabi mavzularda ijodiy- tasviriy insholar yozish mumkin. 4. Ertak, hikoya yozish. Ma’lumki, o‘quvchilar juda ko‘p ertaklarni biladilar, ammo o‘zlari ertak yaratishga qiynaladilar. Bu ijodiy-amaliy ish turi o‘quvchilarning tasavvur olamini kengaytiradi, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantiradi, ularni g‘aroyib voqea-hodisalar olamiga olib kiradi. Shuning uchun o‘qituvchi ona tili mashg‘ulotlarida ijodiy ishning bu turidan unumli foydalanishi lozim. O‘quvchilarni ertak yaratishga o‘rgatish, avvalo, ularni bu janrning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bolalar ertakda voqeaning tuguni, rivojlanish nuqtasi va yechimi qanday tugashini bilishlari, uning til xususiyatlaridan xabardor bo‘lishlari, mubolag‘a, o‘xshatish, jonlantirish, kichraytirish kabi tasviriy vositalarni o‘z o‘rnida qo‘llash malakalariga ega bo‘lishlari kerak. Boshlanish qismi berilgan ertaklarni davom ettirish, berilgan rasmlar asosida ertak yaratish, qahramonlar nutqi tushirib qoldirilgan o‘rinlarni to‘ldirish kabilar o‘quvchilarning matn yaratish mahoratini oshiradi. Hikoya kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etilgan nasriy asar sanaladi. Bu asar uch tarkibiy qismdan iborat: a) tugun; b) voqea-hodisaning rivojlangan nuqtasi; v) yechim. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling