Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Jonsiz narsalarga xat yozish
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
Jonsiz narsalarga xat yozish (kitobga, telefonga, qisqasi,
istalgan adresatga maktub yozish)da o‘quvchi-talaba obyektga xuddi insonga murojaat qilayotgandek munosabatda bo‘ladi, natijada obrazli tafakkur shakllanadi. Mavhum tushunchalar (iymon, muhabbat, nafrat...)ga xat yozishda o‘quvchi-talaba abstrakt tafakkurni jonlantiradi, reallashtiradi. Bunda o‘quvchilarda tasvirlash ko‘nikmalari takomillashadi. O‘quvchilarda o‘z fikrini tinglovchining saviyasi, yoshi, mavqeyini hisobga olgan holda bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak. Buning uchun o‘quvchilar bilan ayni bir fikrni o‘zidan kichiklarga, tengqurlarga, o‘zidan kattalarga, yaqinlarga, yaqindan tanish bo‘lmagan shaxslarga ifodalash ustida muntazam ishlashlari kerak bo‘ladi. Bolalarni maktublar yozishga o‘rgatish ayni bir fikrni turli kishilarga turli xilda bayon etish ko‘nikmalarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi inshoni mustaqil yozishi, inshoning asosiy mazmunini yozishdan avval unga kirish so‘zlari va yakunlashda bayon qilingan fikrlardan xulosa qila olishi lozim. 68 Insho orqali o‘tkaziladigan nazoratda o‘quvchining yozma nutqi silliq, ravon, ta’sirchan, ifodali va sheva elementlaridan xoli bo‘lmog‘i kerak. Insho o‘quvchining ona tilidan egallagan bilimlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Til hodisalari insho orqali o‘quvchining ijodiy- amaliy faoliyatiga ko‘chadi. Shuning uchun ona tili o‘qituvchilari darsda mustaqil ishning bu muhim turiga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Inson hamma fikrini ham qog‘ozga tushira olavermaydi. Miyaning nutq mexanizmini boshqaradigan qismi faolligi ham yozma topshiriqlarning sifati bilan bog‘liq. Yozma va og‘zaki nutq rivoji miyadagi nutq mexanizmiga aloqador. Fikrlash tezligi, jumlalarni tez fursatda, maqsadga muvofiq tuza olish yillar davomidagi mashqlar natijasida shakllanadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling