Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
She’r yod olish o‘quvchi so‘z boyligini orttirishga, fikrlash
qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. She’rni ikki xil tarzda yodlash mumkin. Birinchisi, quruq yodlash, ya’ni ma’no-mazmunga e’tibor bermagan holda eslab qolish; bunda so‘zning shakliy xususiyatlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Bu tartibda yodlangan she’r tezda esdan chiqib ketadi. Ikkinchisi, so‘z ma’nolari, misralar mazmuni asosida yod olingan she’r. Bu tartibdagi she’r yodlashda o‘quvchi so‘zlarni xotirada saqlab qolish uchun ma’nosiga, jumlalarning mazmuniga ahamiyat beradi. She’rni yodlash davomida fikrlash jarayoni faol bo‘ladi. Misralar ichki nutqqa aylantirilib, tafakkurga joylanadi. Insho yozish ko‘nikmalarini hosil qilishda ikkinchi tartibdagi she’r yodlash usuli samarali hisoblanadi. 67 Maktub ham yozma nutq ko‘nikmalarini hosil qilishda ahamiyatlidir. Samimiy yozilgan maktublar insonning suhbatdosh bilan o‘zaro yuzlashganda ayta olmagan qalb so‘zlarini izhor etishga imkon yaratadi. Texnika asrida SMS xabarlari ommalashib, deyarli, hech kim maktub yozmay qo‘ydi. Shuni ta’kidlash kerakki, SMS xabarlarida imlo qoidalariga amal qilmaslik holatlari ko‘p kuzatiladi. SMS xabarlarining bosh maqsadi ma’lumot uzatishdir. SMS matnlari orqali ko‘ngil izhorlari bayon qilingan holatlar ham kuzatiladi. Lekin bunday matnlarda his-tuyg‘u, qalb tug‘yonlari to‘liq aks etmaydi. Ruhiyatni, qalb-tug‘yonlarini aks ettirishda maktublarning ahamiyati katta. Yosh bolaning qorboboga maktub yozayotgandagi holatini kuzatganimizda uning ruhiyatidagi quvonch, umid ifodasini his qilamiz. Bolaning shu holatini ezgulikka bo‘lgan ishonchning ilk namunasi sifatida baholash mumkin. Shu tartibdagi maktub yozish tarzini, yozma tabriklarni davom ettirish maqsadga muvofiq: masalan, ota-onaga bayram tabrigi, badiiy asar qahramoniga maktub, qorxat yozish, sevimli insonga maktub yoki bayram, tug‘ilgan kun munosabati bilan tabrik nutqi tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling