Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
Narsa-hodisalarni,
voqelikni tasvirlash usulidan foyadalanish mumkin. Ona tili mashg‘ulotlarida narsa-buyum, hayvonlar, voqea-hodisalar; insonning tashqi qiyofasi, tabiat manzarasi, ma’lum bir joyning (mas., sinf xonasi, darsxona), tasvirini yaratishga doir topshiriqlar berilishi mumkin. O‘quvchilar qish, bog‘ haqida og‘zaki va yozma matnlar yaratishga juda qiziqadilar. Topshiriqlar quyidagi mazmunda bo‘lishi mumkin: – alohida narsa-buyumlarni tasvirlash. Turmushdagi alohida narsa-buyumlarni og‘zaki tasvirlash maktabgacha bo‘lgan davrda shakllana boshlaydi. Bu muhim topshiriq boshlang‘ich sinflarda ham amalga oshiriladi va ona tilining izchil kursini o‘rganish jarayonida davom ettiriladi. O‘quvchilar ona tili mashg‘ulotlarida istalgan narsa- buyum (masalan, kitob, kundalik, yozuv stoli, deraza, chizg‘ich, chinor, dastro‘mol kabilar)ning oddiy, ilmiy va badiiy tasvirini yaratishlari mumkin. Bunday matnda o‘quvchi o‘xshatish, jonlantirish kabi tasviriy vositalarni, badiiy so‘z va iboralarni, sifatlash, mubolag‘a kabi usullarni qo‘llay olishi kerak bo‘ladi. Tasviriy insho yaratishdan bog‘lanishli nutqni o‘stirishda, she’riy matnlarni tahlil qilishda, masalan, Oybekning “Na’matak” she’rini, A.Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?” she’ridagi voqelikni tasvirlashda foydalanish mumkin. Narsa-buyum tasvirini yaratishda tabiiy ashyolardan unumli foydalanish tavsiya etiladi: – hayvonlar tasvirini yaratish. Ma’lumki, o‘quvchilar hayvonlarni juda yoqtirishadi. Shuning uchun ularga hayvonlar haqida fikr yuritish nisbatan qulay. Yozma topshiriqning bu turi, avvalo, tasvirlanayotgan hayvon haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lishni, uning qayerda yashashi, tuzilishi, rangi, harakatlari, nimalar bilan oziqlanishi kabilarni bilishni talab etadi. Ayniqsa, o‘quvchi o‘zi ko‘rgan, kuzatgan hayvonlarni tasvirlashni xush ko‘radi. 62 Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning orzu-umidlari aks etgan insholardan ham foydalaniladi. “Agar men sehrgar bo‘lsam”, “Sinfdoshim Oybek 20 yildan so‘ng”, “Men maktabimizni kelajakda qanday tasavvur qilaman?”, “Men me’mor (o‘qituvchi, shifokor) bo‘lganimda...”, “O‘zbekiston XXI asr o‘rtalarida” kabi mavzularda yoziladigan insholar o‘quvchilarni ertangi kun haqida xayol surishga, o‘ylashga da’vat etadi; – Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling