bir leksema ichida yashiringan so‘zlarni aniqlash. Masalan,
shuhratparastlik leksemasida o‘n to‘rtta so‘z yashiringan: ruh, sut,
hur, past, lak, para, sara, shart, kar, sil, sharpa, sila, hut, rak;
berilgan so‘zlardan o‘z va ko‘chma ma’noli birikmalar hosil
qilish: tulki, kitob, yengil, og‘ir, qora, katta, shirin, achchiq, chuqur,
oqlamoq, o‘ymoq, ulamoq kabi;
berilgan so‘zlarning sinonimlarini yozish: falak, go‘zal, katta,
kulmoq, tashrif buyurmoq, botir, tinch, keng, sabr, do‘st;
berilgan so‘zlar asosida matn tuzish: hayo, armon, gul, imkon,
ifor, inson, orzu, tafakkur, mulohaza, aqlli, yashash tarzi, qadr-
qimmat, qadriyat. Bunda dastlab mazmunan bir-biriga aloqador
so‘zlar beriladi, masalan, bahor, gul, iliq, shabada, yoqimli. Bu so‘zlar
tuzilayotgan matnning qaysidir o‘rnida qatnashishi shart. O‘quvchi-
talabalar mazmunan bir-birini to‘ldiruvchi so‘zlar yordamida matn
60
tuzishni o‘rganib olganlaridan so‘ng mazmunan bir-biriga ma’no
jihatidan yaqin bo‘lmagan so‘zlar asosida matn tuzish topshirig‘i
beriladi, masalan, to‘qson to‘qqiz, qahraton, dars, bobojon yoki
sharshara, 1-para, Prezident, jazirama, mukofot va hokazo . O‘quvchi
ana shu turli mavzudagi so‘zlar o‘rtasida bog‘lanish nuqtasini topib,
matn tuzishi kerak bo‘ladi;
berilgan so‘z, masalan, quyosh so‘zi asosida matn tuzish;
bir qator pedagog-xodimlar qo‘llayotgan “uch so‘z” usulidan
foydalanish: berilgan uch so‘z, masalan, hayot, jilg‘a, mahzunlik
lug‘aviy birliklari asosida matn tuzish;
maqollar asosida matn tuzish. Bunda maqollar mazmuniga mos
ravishda matn tuziladi. Мaqollar soni о‘quvchi-talabalarning yoshiga
qarab belgilab beriladi. O‘quvchi bir maqol yoki bir necha maqolni
sharhlashi lozim bo‘ladi. Xalq maqollari va hikmatli so‘zlar hikoya
uchun yaxshi mavzu bo‘la oladi. Ammo ularni hikoya mavzusiga
singdirish uchun ma’lum bir voqea bilan bog‘lashni unutmaslik lozim;
Do'stlaringiz bilan baham: |