Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
-li mavjudlikni bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha. –li
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy xatolar
-li mavjudlikni bildiruvchi sifat yasovchi qo‘shimcha. –li
qo‘shimchasi shaxsning mavjudligini (bolali), shaxslararo munosabat mavjudligini (oilali), belgi-xususiyatning kam darajada mavjudligini (yog‘li qo‘l), belgi-xususiyatning me’yordan ortiq darajada mavjudligini (yog‘li palov) bildiradi. -lik qo‘shimchasi mansublikni (o‘zbekistonlik), xoslikni (bolalik) bildiradi, mavhum ot yasaydi (shodlik). Bolalik uy – bozor, bolasiz uy– mozor maqolida -lik qo‘shimchasi -li o‘rnida noto‘g‘ri qo‘llangan. -ning qo‘shimchasi ot+ot tipidagi birikmalarni shakllantiradi: uzumning sharbati, do‘stimning suhbati. Hokim so‘zdagi egalik shakli –ning qo‘shimchasi qo‘shilishini ko‘rsatuvchi asos bo‘ladi. -ni ot+fe’l tipidagi birikuvlarni yuzaga keltiradi: kinoni ko‘rmoq, suvni ichmoq. So‘zlashuv jarayonida ko‘p hollarda -ning o‘rnida -ni noto‘g‘ri qo‘llanadi: cho‘lni qovuni, hayotini mazmuni, so‘zni qudrati kabi. Mantiqiy xatolar – jumla mazmuni, mantiq bilan bog‘liq xatolar. Shunday mantiqiy xatolar borki, ularni har doim ham ilg‘ash qiyin. Masalan, Momaqaldiroq guldurab, chaqmoq chaqdi va sharros yomg‘ir quya boshladi; Chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburladi jumlasida momaqaldiroqning gumburlashi va chaqmoqning chaqishi ketma-ket ro‘y beradigan hodisa sifatida ifoda etilmoqda. Aslida bu ikki jarayon bir vaqtda sodir bo‘lib, yorug‘lik tezligi tovush tezligidan katta bo‘lgani sababli dastlab chaqmoq chaqib, keyin momaqaldiroq gumburlagandek tuyuladi. Quyosh chiqdi, kun tikkaga keldi kabi birikuvlar ham mantiqiy jihatdan xatodir. 58 9. Insho mavzusini yoritishda faktik materiallardan foydalanish talab etiladi. Faktik materiallar insho matnining aniqlik, ishonarlilik darajasini orttiradi. Qabul imtihonlarida faktik materiallardan foydalanilmagan holatlar bo‘ladi. O‘quvchi “Hayrat ul-abror”ning tarbiyaviy ahamiyati haqida insho yozar ekan, yozma ishida shu asardan bir satr ham keltirmagan. Asardagi biror maqolatni keltirib, tahlil qilmagan. Ammo bu asarning mazmuni, ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar bergan. Insho hajmi talab darajasida. Reja mavzuga mos tuzilgan. O‘quvchi shularni nazarda tutib, qo‘yilgan balldan norozi holda qayta baholashlarini so‘rab, apellyatsiya komissiyasiga ariza beradi. Bu o‘rinda o‘quvchining e’tirozi o‘rinsiz. Faktik ma’lumotlarsiz insho matnining mantiqiylik, to‘g‘rilik, aniqlik talablari buziladi. Insho mavzusini faktik jihatdan asoslashda xalq og‘zaki ijodi namunalari, maqol, matallardan, buyuk mutafakkirlarning fikrlari, aforizmlaridan, ko‘chirmalardan foydalanish mumkin. Faktik materiallardan noto‘g‘ri foydalanish, asar mualliflari, qahramonlar nomini xato ko‘rsatish baholash natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Inshoda faktik materiallardan foydalanish me’yor darajasida bo‘lishi kerak. Me’yordan ortiq faktik materiallarning berilishi quruq bayonchilikka olib keladi. Badiiy uslub imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga imkon bermaydi. 10. Inshoda mustaqil yondashuv, muallif fikr, munosabat aks etishi lozim. O‘quvchi muayyan mavzu asosida insho yozar ekan, dastavval, o‘zi o‘qigan materiallarga, ma’lumotlarga asoslanadi. O‘qigan manbalari asosidagi mulohazalarini bayon etadi. Shuning barobarida insho o‘quvchining qo‘yilgan masalaga bevosita munosabati, mustaqil yondashuvi asosida shakllantirilmog‘i kerak. Zero, insho so‘zining lug‘aviy ma’nosi ham shuni taqozo etadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling