Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Ikki nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi: 
1) shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining 
uzviy davomi sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan so‘ng: 
Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga otmabdi, odamlarga kerakli 
ekanman, hayotda iz qoldiribman; 
2) uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan 
keyin: O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat 
bayrog‘i, Davlat Gerbi va Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf 
va shonimiz sanaladi (P. T.); 
3) ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng: Otam 
birdan samovarchiga buyruq beradi: – Musavoyga joy solib ber
ozodaroq yostiq qo‘y (O.); 
Quyidagi ma’nolarni ifodalagan bog‘lovchisiz qo‘shma 
gaplarda:
1) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning 
sababini ko‘rsatsa: «Men u yil dehqonchilikdan hech narsa ololma-
dim: kuzgi bugdoyning boshoqlari shira olayotgan vaqtda havoda ola 
bulut paydo bolib, boshoqlar kuyib, qovjirab ketdi». (S. A.); 
2) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning 
natijasini ko‘rsatsa: Xoja Giyosiddin Hirotdagi ba’zi mashhur 
zotlarni gozal taqlid qildi: otirganlar orinlaridan qozgololmay 
qoldilar. (O.); 
3) agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki 
izohlasa: Qosimmurod aytardi: agar qorqmasang, eng odamxo
daryo ham hech nima qilolmaydi – suvning ozi qirgoqqa chiqarib 
qoyadi. (O.); 
Nuqtali vergul bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda 
gaplar tugal fikrni anglatib, bir-biriga mazmunan bog‘lanmagan 


53 
hollarda qo‘yiladi: Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorugi, hayot 
quvonchi – Hammasining asli, manbai – Sen, Vatanim – tinchlik 
tayanchi. 
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmuni 
voqealar bir-biriga qiyoslanganda ishlatiladi: Yaxshini yomon dema
olising bo‘lsa ham; Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham. 
Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-
biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin nuqtali 
vergul qo‘yiladi: Gerb rangli tasvirda bo‘lib, humo qushi kumush 
rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanogi va «O‘zbekiston» degan 
yozuv tilla rangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil 
rangda; toglar havo rangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va 
yulduz oq rangda; O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog
tasvirlangan lenta tort xil rangda beriladi. 
Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi 
bandidan tashqari har bir bandi oxirida nuqtali vergul qo‘yiladi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling