Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari. So‘z bo‘g‘inlarga bo‘linadi. Eng 
kichik bo‘g‘in bir unlidan iborat bo‘ladi: u (olmosh), o-ta, o-na, e-kin 
va h. k. Har bir bo‘g‘inda bir unli tovush ishtirok etadi.
Bir unlidan hosil bo‘lgan bo‘g‘in birinchi yo‘lda qoldirilmaydi, 
yonidagi bo‘g‘in bilan birga ko‘chiriladi: o-na emas, ona. Mudofaa, 
mutolaa kabi so‘zlardagi oxirgi bo‘g‘in – bir a ning o‘zi 
ko‘chirilmaydi. 
Bir tovushni ifodalagan ikki harf (sh, ch, ng) birgalikda 
ko‘chiriladi: mash-hur, pi-choq, si-ngil, pe-shana, so-chiq, ko-ngil; 
yoki oldingi qatorda qoldiriladi: tong-da, sing-li-si. Ng harfi 
ishtirokidagi so‘zlarda bo‘g‘in ko‘chirish muammosini bartaraf etish 
uchun ng bir tovushni ifodalaydigan so‘zlarni eslab qolish kerak
ing+ramoq, song-gi, o-ta-ngiz, mung-li, sing-moq, teng-dosh, teng-
la-ma.
Ism-shariflar qisqartirilsa, familiyadan ajratilib ko‘chirilmaydi: 
S.V.Rahimov, A.G.ulomov. 
“Navro‘z – 2016”, “E’tirof – 2017” kabi tanlov nomlari ham 
ajratilmaydi. 


50 
Juft so‘zlar bo‘g‘in asosida ko‘chirilganda keying satrga ham 
chiziqcha qo‘yish ma’qul. Birinchi chiziqcha bo‘g‘in ko‘chirish
belgisi bo‘lsa, ikkinchi chiziqcha juft so‘zlar imlosiga tegishlidir: asta- 
-sekin. 
Fonetik 
o‘zgarishlarni 
farqlamaslik, 
ayrim 
tovush 
o‘zgarishlarining faqat talaffuzda yuz berishi, yozuvda aks etmasligi 
haqida muayyan bilimga ega bo‘lmaslik ham imlo xatolariga sabab 
bo‘ladi. 
Orfoepiya me’yorlari asosidagi tovush o‘zgarishlari yozuvda aks 
etmaydi: 
nutq tovushlarining o‘zaro ta’siri, birining ikkinchisini o‘ziga 
moslashtirishi: ket-di – ketti, ayt - di –aytti, uch so‘m – usso‘m, tuz-sin 
– tussin, yigit-cha – yigichcha; 
ikkita bir xil (o‘xshash) tovushdan birining boshqa 
(noo‘xshash) tovushga aylanishi: zarar – zaral; zarur –zaril, kissa – 
kista; koridor – kolidor; 
undosh tovushlarning o‘rin almashish hodisasi: daryo-dayro; 
tebratmoq-terbatmoq; yamlamoq – yalmamoq; tuproq – turpoq; 
o‘rganmoq – o‘granmoq; to‘g‘ramoq – to‘rg‘amoq; 
– ikki undosh yonma-yon kelganda, ular orasida talaffuzda yoki 
u orttirilishi: fikr – fikir; hukm – hokum; 
o‘zak oxiridagi tovushning tushishi: do‘st – do‘s; xursand – 
xursan, rost – ros, g‘isht – g‘ish; 
– til oldi n ning lab-lab m ga o‘tishi: manba – mamba, shanba – 
shamba, yonbosh – yombosh, sunbula – sumbula, tanbur – tambur. 
Ayrim so‘zlar talaffuzidagi o‘zgarishlar yozma me’yorga 
aylangan: bir, biror so‘zlariga -ta qo‘shimchasi qo‘shilganda r 
tovushi t ga aylanadi va shunday yoziladi: birta-bitta, birorta-bironta. 
Unli bilan tugagan va unli bilan boshlangan ikki so‘zning 
qo‘shilishi natijasida tovushlardan biri tushadi va o‘zgarish yozuvda 
aks etadi: bora oladi – boroladi; borar ekan – borarkan. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling