Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

k va q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi 
qo‘shimchasi qo‘shilganda g undoshi k va q tarzida aytiladi va 
shunday yoziladi: tokka, yurakka, qishloqqa, toshloqqa kabi. Xuddi 
shunday o‘zaklarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda o‘zak oxiridagi 
k undoshi g ga, q undoshi g‘ ga aylanadi va shunday yoziladi: tilagi, 
yuragi, bulog‘i, qishlog‘i. Bir qator so‘zlarda tovush o‘zgarishi sodir 
bo‘lmaydi: ittifoqi, idroki, toki, ocherki, tasdiqi, tatbiqi. 
-ta, tacha lug‘aviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimchasi bilan 
kelgan so‘zlarni ba’zan qo‘shib (5ta), ba’zan ajratib (5 ta) yozish 
hollari kuzatiladi. Son bilan yozganda imkon qadar hisob so‘zlaridan 
foydalangan ma’qul: 77 dona, 5 nafar kabi (qiyos: 1-sentyabr 1chi 
sentyabr tarzida yozilsa, xato bo‘lar edi). -ta, tacha qo‘shimchalarini 
raqam emas, so‘z ko‘rinishidagi sonlarga qo‘shish to‘g‘ri bo‘ladi: 
o‘nta, beshtacha. Lekin shunday hollar bo‘ladiki, narsa-hodisa, 
voqelik miqdorini ta’kidlab ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Shunday hollarda 
qo‘shimchani, garchi mantiqqa zid bo‘lsa-da, ko‘rinish talabiga 
muvofiq raqamdan ajratib yozish kerak: 5 ta, 7 ta. 
Qoshma va juft so‘zlar imlosi. Har, hech, bir, u, shu, osha, 
hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan birlikdan ajratib yoziladi: har 
kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, osha joyda, hamma vaqt kabi 
Hamma, har, hech, u, bu so‘zlari bilan yasalgan olmosh va 
ravishlar: hamma vaqt, har kim, hech qanday, u yerda, bu vaqt; 
birinchi so‘zi bir, har, hech olmoshlaridan iborat bo‘lgan qo‘shma 
so‘zlar ajratib yoziladi (birpas, biryola, birvarakay so‘zlari bundan 
mustasno). 
Sifatlar oldidan toq, jiqqa, tim, liq kabi so‘zlar kelsa, ajratib 
yoziladi: toq sariq, jiqqa hol, tim qora, liq tola va b;
Belgining ortiqlik hamda uzviylik darajasini ko‘rsatuvchi: 
kopdan kop, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, uzundan uzun, yildan 
yilga, kundan kunga kabi birliklar ajratib yoziladi.  
Bilan va uchun ko‘makchilarining qisqargan -la va -chun shakli 
chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun singari. 
Dardi bedavo, bodi sabo kabi izofali birikmalar ham ajratib 
yoziladi. 
Izofali birikmalarni qo‘shish uchun unlidan so‘ng kirill 
yozuvidagi o‘rniga (ойнаи жаҳон, таржимаи ҳол, нуқтаи назар, 


48 
рўйи замин) yi yoziladi: oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar, 
ro‘yi zamin. 
Juft so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: yaxshi-yomon, erta-kech, 
qishin-yozin. 
Juft so‘zlar orasida -u, -yu yuklamalari qo‘llansa, yuklamalar 
birinchi so‘zga chiziqcha bilan birikadi; ikkinchi so‘z ajratib 
yozilaveradi: yer -u osmon, yor-u dost, kecha-yu kunduz, past-u 
baland (kirill yozuvida chiziqcha qo‘yilmaydi, yuklama birinchi 
so‘zga qo‘shib yoziladi: яхшию ёмон, еру осмон, дўсту ёр). 
So‘zlarga chiziqcha bilan yoziladigan yuklamalar qo‘shilganda 
morfologik yozuv qoidasiga amal qilish maqsadga muvofiq: “Kim 
edik-u, kim bo‘ldik?”, Ko‘p o‘qidik-u, lekin hali ko‘p uqmabmiz. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling