yo-lashgan unlilarning bosh shakli imlosidagi xatolar ko‘p
kuzatiladi. Ё.Жумаев, Ю.Эрматова kabi ism-shariflar lotin yozuvida
Yo. Jumayev, Yu. Ermatova tarzida xato yozilmoqda (aslida: Y.
Jumayev, Y. Ermatova tarzida yozilishi to‘g‘ri).
Кirill alifbosidagi «ц» harfi quyidagicha ifodalanadi:
so‘z boshi, oxirida, so‘z o‘rtasida (undoshdan keyin) s harfi bilan
aks ettiriladi: цирк–sirk, центнер–sentner, концерт–konsert, акцент
–aksent, aбзац-abzas, шприц–shpris, кварц–kvars.
So‘z o‘rtasida unli tovushdan keyin ts yoziladi: лицей-litsey,
милиция-militsiya, конституция – konstitutsiya.
Rus-baynalmilal so‘zlaridagi ъ (ayirish), ь (yumshatish)
belgilari tovush ifodalamaydi.
Yumshoqlik (ь) belgisi yangi o‘zbek alifbosi asosidagi yozuvda
tushirib qoldiriladi: альбом–albom, июнь –iyun, рельс–rels. Faqat
ayrim so‘zlar imlosida ь yumshatish belgisi y ga almashtiriladi:
почтальон – pochtalyon, батальон – batalyon. ъ (belgisi) tushiriladi
va undan keyingi yo-lashgan unlining so‘z boshidagi shakli yoziladi:
субъект–subyekt, объект–obyekt.
Kirill alifbosi asosidagi yozuvda arabcha so‘zlarda uchraydigan
ъ belgisi o‘rnida tutuq belgisi yoziladi. Tutuq belgisi rus-baynalmilal
so‘zlaridagi ъ belgisi o‘rnida yozilmaydi. Demak, ob’ekt tarzida
yozish xatodir.
Tutuq belgisi tovush ifodalamaydi, arab tilidan o‘zlashgan
so‘zlarda ayn ﻉ o‘rnida qo‘llanib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
’ (tutuq belgisi) unli tovushdan keyin kelsa, unlini cho‘ziqroq
talaffuz etish uchun xizmat qiladi: ma’no, ma’rifat, ta’limot, a’lo,
ta’lim,e’lon, fe’l;
’ (tutuq belgisi) undoshdan keyin kelsa, keyingi bo‘g‘inni yoki
unlini ajratish uchun xizmat qiladi: mas’ud, jur’at, sun’iy, in’om,
mas’ul.
’ (tutuq belgisi) ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi:
sher (hayvon) – she’r (ijod mahsuli), qala (ish harakat) -qal’a
(qarorgoh),
45
tana (vujud) – ta’na (minnat), nasha (o‘simlik) – nash’a (zavq),
sanat (fe’l) – san’at (ot), surat (tasvir) – sur’at (tezlik), tarif (toifa) –
ta’rif (sifatlash), ayon (sifat) – a’yon (ot).
’ (tutuq belgisi) s va h ni sh harf birikmasidan farqlash uchun
ham ishlatiladi: as’hob, Is’hoq.
Yangi alifbodan bir tovushni harfga belgi qo‘shib, ikki harfni
qo‘shib ifodalash usuliga asoslangan harflar ( o‘ , g‘ , sh, ch, ng) o‘rin
oldi. Natijada yangi o‘zbek alifbosi 29 harf va bir belgidan iborat
bo‘lib, 31 tovushni ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |