Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
ko‘chirma gaplarni ajratib ko‘rsatish uchun qo‘yiladi; kinoya bilan aytilgan so‘z yoki so‘z birikmalari qo‘shtirnoqqa olinadi: - Rahmat, “juda xursand qildingiz…” . Badiiy asarlar, ayrim uyushma, korxonalar nomi, orden va medall nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi: «Layli va Majnun» dostoni, «Mustaqillik ordeni», «Yulduz» ishlab chiqarish birlashmasi. Qo‘shtirnoqqa olingan so‘z turlovchi qo‘shimcha bilan kelsa, bu qo‘shimcha qo‘shtirnoqdan keyin qo‘yiladi:... erining «kirdikori»dan xabardor bo‘lganday o‘smoqchiladi Shakarxon. (H.N) Gaplar qo‘shtirnoqqa olinganda so‘roq, undov belgilari qo‘shtirnoq ichida, nuqta, vergul qo‘shtirnoqdan tashqarida qo‘yiladi. So‘roq va undov belgilari, so‘roq belgisi va ko‘p nuqta, undov belgisi va ko‘p nuqta birikkan holda qo‘llanadi: Ayb kimda?... Uyatni bilasizmi!... 13 Ikki nuqta bilan tire ayrim hollarda bir xil vaziyat hosil qiladi. Masalan, bir o‘rinda ham ikki nuqta, ham tire qo‘yish mumkin bo‘ladi: To‘rt mashina sement yubordik: guruhlarga teng taqsimlansin. To‘rt mashina sement yubordik – guruhlarga teng taqsimlansin. Bunday holda mazmun o‘zgarmasa ham, uslubiyatda 13 Tinish belgilari mazmuni akademik litsey darsliklari materiallari asosida yoritildi. 54 farq seziladi: ikki nuqta qo‘yilganda izoh, tire qo‘yilganda ta’kid ifodalanadi. Bunday holat boshqa tinish belgilari bilan bo‘lgan munosabatda ham namoyon bo‘ladi. Ya’ni bir gap mazmunidagi qaysi uslubiy jihat ustunligiga qarab, vergul, ikki nuqta, tire qo‘yiladi: Suv keldi, qaqragan cho‘llar obod bo‘ldi. Suv keldi: qaqragan cho‘llar obod bo‘ldi. Suv keldi – qaqragan cho‘llar obod bo‘ldi. Vergul qo‘yilganda ketma-ketlik, ikki nuqta qo‘yilganda natija, tire qo‘yilganda ta’kid ma’nolari ifodalanadi. Shu bois bunday o‘rinlarda qaysi tinish belgisi qo‘yilishini qat’iy tarzda qoidalashtirib bo‘lmaydi. Tinish belgisi maqsad va nutqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda qo‘yiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling