Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


muayyan maskanni tasvirlash


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

muayyan maskanni tasvirlash. Ona tili mashg‘ulotlarida 
o‘quvchilar shahar, qishloq, dala, sahro, cho‘l kabi joylar tasvirini 
yaratishlari ham mumkin. Har bir joy o‘ziga xos tasvirni talab etadi. 
Masalan, shahar yoki qishloq tasviri haqida fikr yuritilar ekan, uning 
umumiy ko‘rinishi, diqqatga sazovor joylari, xalqi, ularning urf-
odatlari, sevimli mashg‘ulotlari haqida fikr yuritiladi. Sahro haqida
so‘z borganda ko‘proq unda yashaydigan hayvonot va o‘simliklar 
olami haqida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi; 
binoni tasvirlash. Bino tasviri kuzatish asosida yaratiladi. 
Binoni tasvirlashning oddiy, ilmiy va badiiy shakllari mavjud. 
Binoning oddiy tasviri axborot tarzida bo‘lib, asosan, uning hajmi
xonalarning yorug‘lik darajasi, balandligi, uy jihozlari va ularning 
joylashtirilishi kabilar ko‘rsatiladi. Ilmiy tasvirda bu belgilar ilmiy 
nuqtayi nazardan yoritiladi. Badiiy tasvir o‘quvchi tafakkur 
imkoniyatlarini va estetik didini namoyon etadi; 
tabiatni tasvirlash. O‘quvchilar 1-sinfdan boshlab 
“Atrofimizdagi olam” o‘quv fanini o‘rganadilar va tabiat tasvirini aks 
ettirishda qiynalmaydilar. Ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchilarning tabiat 
haqidagi tasavvurlarini kengaytiribgina qolmay, balki shu mavzuda 
tasviriy matn yaratish ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. 
Tabiat tasvirini yaratishda matn namunalaridan foydalanish 
mumkin. Chunonchi, mashhur so‘z ustalari, yozuvchi va shoirlarning 
asarlaridan tabiat tasviriga oid o‘rinlarni o‘qib berish, matn 
namunalari ustida ishlash, ularning til xususiyatlarini tahlil qilish 
kabilar o‘quvchilarning shu tipdagi matn yaratishlariga keng yo‘l 
ochib beradi.
Ona tili mashg‘ulotlarida, ayniqsa, tabiatning badiiy tasvirini 
yaratishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bunday insholar badiiy 
nutq imkoniyatlaridan unumli foydalanishni talab etadi. 
Kuzatish tabiat tasvirini yaratishda asosiy manba bo‘lib xizmat 
qiladi. Ayniqsa, o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan kuzatishlar 


63 
tasviriy insho uchun boy material beradi. Bundan tashqari, suhbat 
o‘tkazish, tabiat tasviriga oid rasmlar, diafilmlar, kinofilmlar va 
diapozitivlardan foydalanish ham inshoning bu turi uchun yetarlicha 
ma’lumot beradi; 
– 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling