Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Tugun – harakat boshlanadigan hodisalarning rivojlanishiga turtki bo‘ladigan voqeadir. Voqea
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘p mutolaa qilish
Tugun – harakat boshlanadigan hodisalarning rivojlanishiga
turtki bo‘ladigan voqeadir. Voqea-hodisaning rivojlangan nuqtasi ish- 65 harakat va kurashning keskinlashgan, avj olgan o‘rni sanaladi. Yechimda bayon qilinayotgan voqea-hodisa o‘z xotimasini topadi. O‘quvchilarga hikoya yaratishni o‘rgatishning muhim shartlaridan biri voqea-hodisani tanlashga o‘rgatishdir. Ular ko‘pincha hayotda juda ko‘p voqea-hodisalarga duch kelsalar-da, nimalar haqida yozish kerakligini bilmaydilar. Shuning uchun ko‘proq o‘quvchilar hayotidan olingan va rivoyat-inshoga material bo‘la oladigan voqea-hodisalar ustida ishlash maqsadga muvofiqdir. Boshdan kechirilgan sarguzashtlar, eshitilgan, ko‘rilgan, kuzatilgan voqea-hodisalar rivoya- insho uchun boy material bo‘lib xizmat qiladi. Maktabda o‘quvchilar yaratadigan hikoyalar tur jihatidan xilma- xildir. Ana shulardan biri sarguzasht-hikoya sanaladi. Boshdan kechirilgan voqealar asosida hikoya yaratish, ayniqsa, 5-6-sinflarda ko‘p qo‘llaniladi. Bu hikoyalarda har bir o‘quvchi o‘z boshidan kechirgan voqea-hodisalar haqida fikr yuritadi. Masalan, “Yozning issiq kunlaridan birida”, “Men ko‘rgan voqea”, “Ma’murjonga qanday yordam berdim?”, “Yong‘in bartaraf etildi” kabi mavzularda yoziladigan insholarda o‘quvchilar ko‘proq o‘z sarguzashtlarini hikoya qilishlariga to‘g‘ri keladi. Hikoya yozishning eng samarali usullaridan biri berilgan g‘oya asosida matn tuzishdir. O‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan o‘rtaga tashlangan g‘oya insho uchun asosiy material bo‘ladi. Muallif (o‘quvchi) berilgan g‘oyani kengaytiradi, voqea ishtirokchilarini tanlaydi, unga badiiy jihatdan sayqal beradi. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning orzu-umidlari aks etgan matnlardan ham foydalaniladi. “Agar men sehrgar bo‘lsam…”, “Yurtim kelajagi”, “Men shifokor bo‘laman” kabi mavzularda yoziladigan insholar o‘quvchilarni ertangi kun rejalarini belgilashga o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘z ijodkorligini ishga solib matn yaratishning yana boshqa turlarini ham o‘ylab topishi mumkin. Matn bilan ishlashning afzalligi shundaki, unda o‘quvchi-talabaning yozma va og‘zaki nutqi rivojlanadi, nutq jarayonida so‘zlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llay olishga o‘rgatiladi, ya’ni so‘zning izohi, ma’no qirralari tahlil qilinadi, uslubiy jihatlari yoritiladi. 5. Ko‘p mutolaa qilish yozma nutqni shakllantirish va takomillashtirishning muhim omillaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob 66 mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi №F-4789 sonli Farmoyishi kitob o‘qish masalasidagi ijobiy natijalarni ta’minlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Kitob mutolaasi, ayniqsa, badiiy asarlarni o‘qish o‘quvchi dunyoqarashini kengaytirishga, tafakkur darajasini oshirishga yordam beradi. Badiiy asar o‘qish jarayonida o‘quvchi voqea-hodisalar, qahramonlar haqida mulohaza yurita boshlaydi, bir vaqtning o‘zida assotsiativ tafakkur imkoniyatlaridan foydalanib, analiz, qiyoslash, induktiv, deduktiv tahlillarni amalga oshiradi. Natijada o‘quvchining tafakkuri rivojlanadi, fikrlash tezligi ortadi. Har bir insho o‘quvchi tomonidan yaratiladigan ijodiy ishdir. Ona tili va adabiyot darslarida hamda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos asarlarni tanlab o‘qitish, qayta hikoya qildirish, rejalar tuzdirish o‘quvchining xotirasini mustahkamlaydi. Shu bilan bir vaqtda ma’naviy jihatdan komillikka yetaklaydi. O‘quvchi o‘zi o‘qib, reja tuzib, mustaqil ravishda insho yozadi. Buning uchun dastlab kichik-kichik ertaklar, hikoyalar o‘qib berish, reja asosida qayta hikoya qildirish yaxshi natija beradi. O‘quvchida atrofni kuzatish, tabiat hodisalariga munosabat bildirish, axloqiy fazilatlar va illatlarni ajrata olish tafakkuri shakllanishini nazorat qilib borish darkor. O‘quvchilarning voqealarni eslash, rasmlarga qarab hikoya tuza olish, o‘qigan asarlari, ulardagi timsollarga tavsif berish, badiiy ifoda vositalaridan o‘rinli foydalanish qobiliyat va imkoniyatlarining yuzaga chiqishi, albatta, izlanishi va ko‘p o‘qishi yordamida amalga oshadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling