Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

III. Tahrir qilish 
1. Ishingiz borasidagi mulohazalarni eshiting. Yetarli 
hajmdagi matnni yozgach, uni tugatdim, deb hisoblash to‘g‘ri emas. 
Bir muddat ishingizni to‘xtatib, qaytib yana unga murojaat 
qilganingizda endi boshqa nigoh bilan qaraysiz. Shubhasiz, inshoga 
ba’zi o‘zgartirishlar kiritishni xohlaysiz. 
Qoralamaga yozib, uni muddatiga qarab o‘qituvchingizga 
o‘qishga berib ko‘ring. Bergan barcha izohlarini hisobga oling va 
zarur bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiriting. 
2. 
O‘zgartirishlar kiritishga tayyor bo‘ling. Yaxshi yozma ish 
tezda tayyor bo‘lmaydi. “Tekshirish” so‘zi “yana bir marta sinchiklab 
qarab chiqish”ni anglatadi. Aksariyat o‘quvchi-talabalar tekshirish 
deganda orfografik va punktuatsion xatolarnigina tushunadilar. Bu 
tekshirishning bir qismi sanalsa-da, hech bir muallif bir urinishdayoq
ko‘ngildagidek matn yarata olmasligini bilish lozim. Sinab ko‘ring: 

insho strukturasini yanada yaxshilash uchun xat boshilarni 
o‘zgartiring. 

qaytarilgan yoki mavzuga aloqador bo‘lmagan jumlalarni olib 
tashlang. 

fikringizni 
dalillashga 
xizmat 
qilmaydigan 
nuqtayi 
nazarlardan voz keching. 
3. 
Umumiylikdan xususiylikka o‘ting. Tekshirish vaqtida 
qoralamani yaxshilashning eng yaxshi usullaridan biri – umumiy 
xarakterga ega bo‘lgan g‘oyalarga aniqlik kiritishdir. Bu isbotlarning 
qo‘shilishi – sitata yoki dalillarni keltirish yo‘li bilan ifodalanishi 
mumkin. Shuningdek, tezisingizni yanada mustahkamlovchi umuman 
boshqa nuqtayi nazar va isbotlarni qidirish bilan ham bog‘liq bo‘ladi. 
4. 
Oxirgi bosqichda tahrir qiling. Insho topshirishga tayyor 
bo‘lmaguncha, tinish belgilari va imlo xatolaridan xavotirlanmang. 
Sintaktik muammolar, orfografik xatolarni mazmun tahriridan so‘ng
tuzating. Inshoning muhim qismlari – tezis, asosiy g‘oyalar va dalillar 
sayqallangach, to‘g‘rilang. 
Yozilgan inshoni mukammal holga keltirish uchun o‘quvchi uni 
diqqat bilan o‘qishi, mazmun, imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolar 
ustida ishlash bilan birga ularni tuzatish malakalariga ega bo‘lishi 
kerak.
Aziz o‘quvchilar, inshoni yozish paytida quyidagi holatlarga 
e’tibor bersangiz, bularning sizga foydasi tekkan bo‘lar edi: 


75 
1) tuzilayotgan jumlalarning qisqa va aniq bo‘lishiga alohida 
e’tibor berish kerak. Uzun jumlalar fikringizni chalg‘itadi, xatolarga 
sabab bo‘ladi; 
2) insho mazmuni materiallarni bayon qilish uslubi bilan 
chambarchas bog‘liq ekanligini unutmang
3) 
insho 
mavzusi 
bilan bog‘liq materiallarni bayon 
qilayotganingizda izchillikka qat’iy rioya qiling. Insho mavzusiga 
aloqador 
shaxslarning 
nomlarini, 
badiiy 
asarlardan 
olingan 
parchalarni, tarixiy faktlarni, toponimik atamalarni yozishda amaldagi 
imlo qoidalaridan kelib chiqqan holda ish ko‘ring; 
4) inshoni yuksak savodxonlik bilan yozishga harakat qiling
5) tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling. 
Ularning shakllari aniq va ko‘rinarli bo‘lsin. 
6) insho husnixat qoidalariga muvofiq ravishda yozilishi lozim. 
7) insho boshqalarga xalal bermasdan, umumiy tartib-intizomga 
rioya qilgan holda yoziladi; 
8) tayyor yozilgan, trafaret usulidagi insholardan foydalanishga 
harakat qilmang. Ular sizni adashtiradi, fikrlaringizdan chalg‘itadi. 
Yuqoridagi aytilganlarga rioya qilsangiz, o‘z mulohazalaringizni 
dadil va qo‘rqmasdan bayon qilsangiz, yaxshi bahoga loyiq insho yoza 
olasiz. 
Imtihon yoki sinov insholari belgilangan vaqtda yozilishi talab 
etiladi. Shuning uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlashingiz va undan unumli 
foydalanishingiz kerak bo‘ladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling