Nutq madaniyati va notiqlik asoslari
Download 1.16 Mb.
|
Ezoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga doir asosiy tayanch so‘zlar, terminlar va iboralar.
Nutq madaniyati va notiqlik san’ati tarixiReja:
Mavzuga doir asosiy tayanch so‘zlar, terminlar va iboralar.Biz oldingi ma’ruzamizda til, nutq, madaniyat, nutq madaniyati, o‘qituvchining nutq madaniyati, uning yangi fan ekanligi, bu fanning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berib o‘tgan edik. Bu ma’ruzamizda esa nutq madaniyati va notiqlik san’ati, uning shakllanish tarixi, rivoji, takomili hamda bugungi kunda nutq madaniyatiga bo‘lgan ehtiyoj haqida bahs yuritamiz. Mavjud lingvistik adabiyotlarda notiq, notiqlik, notiqlik san’ati; voiz, voizlik, voizlik san’ati kabi tushuncha va atamalarga duch kelamiz. Xalq orasida: so‘zga chechan, so‘zga usta, soz ustasi, so‘zamol, so‘zamollik, so‘zni boplaydi, gapni do‘ndiradi, gapga usta, chiroyli gapiradi singari iboralar bor. Keltirilgan so‘z va iboralarning barchasi inson nutqi kamolotining darajasini, umumiy, jo‘n nutqdan farqlanadigan nutq namunalarini ifoda qiladi. Hamma ham agar u nutqiy nuqson bilan tug‘ilmasa(soqov, dudmal bo‘lmasa) gapiradi. Ammo hamma ham bir xilda gapga chechan, o‘ta chiroyli gapiruvchi bo‘lavermaydi. Nutqiy chechanlik – notiqlik alohida qobiliyatdir. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling