Nutq madaniyati va notiqlik asoslari
Download 1.16 Mb.
|
Ezoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- NUTQ ODOBI
- Odob (frantsuz) odob-axloq qoidalari )
Ifodali gapirish yoxud ifodali o‘qish shunchaki o‘z-o‘zidan shakllanib qoladigan oson jarayon emas. Buning uchun, dastawal, insonning o‘zida tug‘ma iqtidor, qobiliyat boMishi lozim. Afsuski, hamma ham ifodali nutq so‘zlash qobiliyatiga ega boMavermaydi. Lekin har bir kishi o‘z nutqi ustida muntazam ishlashi, to‘xtovsiz mashqlar qilishi natijasida ifodali nutq qobiliyatini shakllantirishi mumkin. Bunga mashhur notiq Demosfenning ibratli hayot yo‘li va faoliyati yorqin misol bo‘la oladi. Hatto ba’zi tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishga qiynaladigan, ko‘pchilik oldida o ‘zini erkin tuta olmaydigan Demosfen keyinchalik, tinimsiz mehnat va mashaqqatlar orqali buyuk notiq bo‘lib yetishgan. Taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov “0 ‘qituvchi nutqi madaniyati” kitobida nutqning ifodaliligi haqida fikr-mulohaza yuritib shunday deydi: “Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda ham ko‘p va xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha sathlarida mavjud. Tilning tovush qurilishi, so‘z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonatsiya, uslub kabilaming har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchi bu manbalaming mohiyati, tabiati va ulami unumli ishga solish usullaridan yetarli xabardor bo‘lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta’minlashga qiynalmaydi”1. Darhaqiqat, ifodali nutq vositalarini puxta o ‘zlashtirish, o‘zbek tilining o ‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqaligina, ifodali o ‘qishda ma’lum natijalarga erishish mumkin NUTQ ODOBI
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling