Nutq madaniyati va notiqlik asoslari


Download 1.16 Mb.
bet3/7
Sana30.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1141677
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ezoza

  • Afinada notiqlik san’atining keng rivoj topishiga sud tartibot qoidalarining ham kuchli ta’siri bo‘lgan. O‘sha davr sud majlislarida sudlanuvchi yoki da’vogar o‘z fikrlarini ishonchli isbotlar asosida gapira olishi lozim bo‘lgan. Natijada qadimgi yunon tilida “logograflar”deb ataladigan, tajribali, qonunni biladigan “advokat”larga ehtiyoj tug‘lidai. Logograflar sudda qatnashyotgan jinoyatchi va da’vogarlarga nimani gapirishi lozimligini yozib berganlar…Dastlab “Notiqlik san’ati”ning asta-sekin siyosiy va sud notiqligi vujudga keladi, keyinroq mashhur voqealarni, ulug‘ zotlarni madh qiluvchi epidektik notiqlar maydonga keladi.
  • Afinada eradan oldingi V asr o‘rtalarida notiqlik san’ati shakllangan bo‘lsa-da, adabiy faoliyat o‘rnida qabul qilinmagan va u nutqlarning matnlari bosilmagan.
  • Bu san’atni ilk bor adabiy janr darajasiga ko‘targan hamda notiqlikka ilmiy yondashgan kishilar sofistlar hisolangan. Ular o‘zlaridan oldin o‘tgan notiqlarning faoliyatlarini nazariy asoslashga kirishib, “Ritorika” ilmini yaratadi.

Sharqda va’zxonlik (notiqlik) va nutqqa munosabat, notiqlik san’ati rivoji.

  • Notiqlik san’atining fan sifatida tug‘ilishi, shakllanishi va taraqqiyoti zaminida Gretsiya va Rim notiqlik maktablari muhim o‘rin tutadi. Biroq Markaziy Osoyo va Sharqda, aniqrog‘i, Turon zaminda joylashgan xalqlarning, jumladan, o‘zbeklarning ham notiqlik san’ati tarixi manbalari eramizdan oldingi VII asrlarga borib taqalishi adabiy va tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lmoqda. Shu ma’noda bizda Turon zaminida yaratilgan Alp Er To‘nga dostoni eramizdan oldingi VII asrda paydo bo‘lgan ekan, o‘zbek notiqligi tarixi ham Yunon va Rim notiqligi tarixidan oldinroq yuzaga kelmaganmikan, degan xulosaga olib keladi.
  • “Avesto”ning muqaddas kitob sifatida to‘la shakllanishi eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. “Avesto”da notoq foydalanishi lozim bo‘lgan o‘rinlar juda ko‘p.
  • Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning taraqqiyoti, shuningdek, va’zxonlik, “Qur’on”ni targ‘ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning ahamiyati, ma’nosi va undan maqsadga mufiq foydalanish borasida qadimdan ko‘p yaxshi fikrlar aytilgan.
  • Va’zxonlik, balog‘at(chechanlik, notiqlik) san’atining o‘suvi barobarida nutq oldiga qo‘yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshg‘riy, Zamaxshariy, Abu Ya’qub Sakkokiy tilga, lug‘tga, grammatika va mantiqshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling