Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


bir leksema ichida yashiringan so‘zlarni aniqlash


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

bir leksema ichida yashiringan so‘zlarni aniqlash. Masalan, 
shuhratparastlik leksemasida o‘n to‘rtta so‘z yashiringan: ruh, sut, 
hur, past, lak, para, sara, shart, kar, sil, sharpa, sila, hut, rak; 
berilgan so‘zlardan o‘z va ko‘chma ma’noli birikmalar hosil 
qilishtulki, kitob, yengil, og‘ir, qora, katta, shirin, achchiq, chuqur, 
oqlamoq, o‘ymoq, ulamoq kabi; 
berilgan so‘zlarning sinonimlarini yozish: falak, go‘zal, katta, 
kulmoq, tashrif buyurmoq, botir, tinch, keng, sabr, do‘st; 
berilgan so‘zlar asosida matn tuzishhayo, armon, gul, imkon, 
ifor, inson, orzu, tafakkur, mulohaza, aqlli, yashash tarzi, qadr-
qimmat, qadriyat. Bunda dastlab mazmunan bir-biriga aloqador 
so‘zlar beriladi, masalan, bahor, gul, iliq, shabada, yoqimli. Bu so‘zlar 
tuzilayotgan matnning qaysidir o‘rnida qatnashishi shart. O‘quvchi-
talabalar mazmunan bir-birini to‘ldiruvchi so‘zlar yordamida matn 


60 
tuzishni o‘rganib olganlaridan so‘ng mazmunan bir-biriga ma’no 
jihatidan yaqin bo‘lmagan so‘zlar asosida matn tuzish topshirig‘i 
beriladi, masalan, to‘qson to‘qqiz, qahraton, dars, bobojon yoki 
sharshara, 1-para, Prezident, jazirama, mukofot va hokazo. O‘quvchi 
ana shu turli mavzudagi so‘zlar o‘rtasida bog‘lanish nuqtasini topib
matn tuzishi kerak bo‘ladi; 
berilgan so‘z, masalan, quyosh so‘zi asosida matn tuzish; 
bir qator pedagog-xodimlar qo‘llayotgan “uch so‘z” usulidan 
foydalanish: berilgan uch so‘z, masalan, hayot, jilg‘a, mahzunlik 
lug‘aviy birliklari  asosida matn tuzish; 
maqollar asosida matn tuzish. Bunda maqollar mazmuniga mos 
ravishda matn tuziladi. Мaqollar soni о‘quvchi-talabalarning yoshiga 
qarab belgilab beriladi. O‘quvchi bir maqol yoki bir necha maqolni 
sharhlashi lozim bo‘ladi. Xalq maqollari va hikmatli so‘zlar hikoya 
uchun yaxshi mavzu bo‘la oladi. Ammo ularni hikoya mavzusiga 
singdirish uchun ma’lum bir voqea bilan bog‘lashni unutmaslik lozim

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling