Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Qisqartma so‘zlar imlosi. So‘zlarning birinchi harflarini 
biriktirish yo‘li bilan yasalgan qisqartma so‘zlar bosh harf bilan 
yoziladi: BMT, MDH. Qisqartmalardagi harflar o‘rtasiga nuqta 
qo‘yilmaydi. Insholar matnida B.M.T., A.Q.Sh. tarzida xato yozishlar 
ko‘p uchraydi. Shaxs ismi va otasining ismi, familiyalari yoki ularning 
bir qismi qisqartirilishi mumkin: H.O., A.O.; N.Jumayev, G.Jahonova
Mumtoz ijodkorlarimiz ismi-sharifi, taxallusini qisqartirmay yozgan 
ma’qul: Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad 
Bobur. Negaki hozirgi ism-shariflar qisqartmasi shaxs ismi va 
otasining ismini bildiradi: F.X.Arziqulov. Mumtoz ijodkorlarimiz 
ismi-sharifi, taxallusi har doim ham bu mezonga mos kelavermaydi. 
Odatda, taxalluslar ham qisqartirilmaydi: Cho‘lpon, Sakkokiy, 
Julqunboy, Hijron, Nihoniy. 
Bosh harflar imlosiga doir qoidalarni ham yaxshi o‘zlashtirish 
lozim. Hurmat ma’nosida qo‘llangan olmoshlar, ta’kidlab aytilgan 
so‘zlar bosh harf bilan yozilishi mumkin: Siz va Ozingiz, Birinchi 
Prezident, Prezident, Vatan, Respublika. 
Bayramlar va tarixiy kunni ifodalagan birikmalarning birinchi 
so‘zi: Navro‘z bayrami, Mustaqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni;
oliy tashkilotlar va faxriy unvonlar, mamlakat nomlarining har 
bir so‘zi bosh harf bilan yoziladi: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Ozbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashi, 
 
O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 
Ozbekiston Qahramoni. 


49 
Orden va medallarning nomi bosh harf bilan orden va medall 
so‘zlari kichik harf bilan yoziladi: «Mustaqillik» ordeni, «Dostlik» 
medali
Universitet, institut, fakultet, kafedra nomlarining birinchi so‘zi 
bosh harf bilan, qolganlari kichik harf bilan yoziladi: Toshkent davlat 
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent moliya instituti
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbek filologiyasi fakulteti, 
Til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi. Bu tipdagi nomlanishlarda “atab 
qo‘yish”ga nisbatan “umumning bir qismi” semasi ko‘proq aks etgani 
bois qo‘shtirnoqqa olinmaydi.
Nomlar tarkibidagi Milliy sifatlovchisi bosh harf bilan yoziladi: 
O‘zbekiston Milliy universiteti.
Mashhur shaxslar ismi bilan yuritiladigan muassasalar nomidagi 
(nomli emas) izohlovchisi bilan qo‘llanadi: Islom Karimov nomidagi 
Toshkent davlat texnika universiteti. 
SH, CH, NG harfiy birikmalarining bosh shakllari qisqartma 
so‘zlarda standart shaklni ta’minlashda qo‘llanadi: masalan, “
TONG” 
ishlab chiqarish birlashmasi. Oddiy hollarda harfiy birikmalarning 
ikkinchisi kichik shaklda yoziladi: Shohruh, Charos. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling