Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuqtali vergul
Ikki nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1) shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan so‘ng: Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman; 2) uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin: O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog‘i, Davlat Gerbi va Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf va shonimiz sanaladi (P. T.); 3) ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng: Otam birdan samovarchiga buyruq beradi: – Musavoyga joy solib ber, ozodaroq yostiq qo‘y (O.); Quyidagi ma’nolarni ifodalagan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda: 1) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko‘rsatsa: «Men u yil dehqonchilikdan hech narsa ololma- dim: kuzgi bug‘doyning boshoqlari shira olayotgan vaqtda havoda ola bulut paydo bo‘lib, boshoqlar kuyib, qovjirab ketdi». (S. A.); 2) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko‘rsatsa: Xo‘ja G‘iyosiddin Hirotdagi ba’zi mashhur zotlarni go‘zal taqlid qildi: o‘tirganlar o‘rinlaridan qo‘zg‘ololmay qoldilar. (O.); 3) agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki izohlasa: Qosimmurod aytardi: agar qo‘rqmasang, eng odamxo‘r daryo ham hech nima qilolmaydi – suvning o‘zi qirg‘oqqa chiqarib qo‘yadi. (O.); Nuqtali vergul bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar tugal fikrni anglatib, bir-biriga mazmunan bog‘lanmagan 53 hollarda qo‘yiladi: Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug‘i, hayot quvonchi – Hammasining asli, manbai – Sen, Vatanim – tinchlik tayanchi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmuni voqealar bir-biriga qiyoslanganda ishlatiladi: Yaxshini yomon dema, olising bo‘lsa ham; Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham. Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir- biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin nuqtali vergul qo‘yiladi: Gerb rangli tasvirda bo‘lib, humo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuv tilla rangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havo rangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda; O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda beriladi. Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari har bir bandi oxirida nuqtali vergul qo‘yiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling