Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Xx va Hundoshlari alohida fonemalardir. Xx va Hh tovushlari 
paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ham, aytilishiga ko‘ra ham bir-biridan farq 
qiladi. Xx – chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undosh: xabar, 
paxta, sho‘x, taxt, baxt, xulq, axloq, xalq. Hh – jarangsiz sirg‘aluvchi 
bo‘g‘iz undoshi: behi, holva. 
x va h ayrim so‘zlarda ma’no farqlashga xizmat qiladi:
xol (dog‘) - hol (ahvol) ; xam (egik) - ham (yuklama); 
shox (daraxt shoxi) - shoh (podshoh); rux (modda) - ruh 
(arvoh); xush (yoqimli) - hush ( aql). 
i bilan boshlanuvchi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida x yoziladi: 
ix-tiyor, ix-cham, ix-los, ix-tisoslik; qolgan bo‘g‘inlarida h yoziladi: il-
hom, i-ho-ta, is-loh; 
e bilan boshlanuvchi arabcha so‘zlar tarkibida h yoziladi: ehson, 
ehtirom, ehrom, ehtiyot, ehtiyoj.
Bu harflar imlosida arabcha o‘zakdosh so‘zlardagi undoshlarga 
asoslanish 
mumkin: 
hukm-hokim-hakam-hokimiyat-mahkama-
mahkum; rahm-rahmat-rahim; hurmat-marhamat-rahmat; xalq-
xaloyiq-xoliq-maxluq; muhsin-tahsin; hibs-mahbus, muxlis-ixlos.
Birlikdagi ot va ularning siniq ko‘plik shaklini bilish ham bu 
harflarni to‘g‘ri ifodalashga yordam beradi: xabar-axborot, saxiy-
saxovat, hol-ahvol, ruh-arvoh. 
Bulardan tashqari, x va h ishtirok etgan so‘zlar imlosini yodda 
saqlash lozim bo‘ladi. 
O‘zak va qo‘shimchalar imlosi. Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, 
mavzu kabi so‘zlarga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda, 
o‘zakdan so‘ng y qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, 
obroyim, mavqeyim, mavzuyim, avzoyim. Shu so‘zlarga III shaxs 
egalik qo‘shimchasi -si shaklida qo‘shiladi: parvosi, avzosi kabi.
Shuni ham ta’kidlsh kerakki, unli bilan tugagan so‘zlarga III 
shaxs egalik shakli qo‘shilishida ikki xil imlo kuzatiladi: manbai 
(kirill yozuvida: манбаи) manbasi, mavzuyi (kirill yozuvida: 
мавзуи) – mavzusi. Bu holat o‘zlashgan so‘zlar imlosida uchraydi. 
Imloda bir xillikni ta’minlash uchun mazkur o‘zlashma so‘zlarning asl 
shakliga asoslanish kerak: agar so‘z ayn
ع
bilan tugasa, -yi (kirill 
alifbosida: i) yoziladi: manbai (kirill yozuvida: manbai); agar so‘z و


47 
vov, hoyi havvas ه bilan tugasa, -si shaklida qo‘shish to‘g‘ri bo‘ladi: 
mavzusi, orzusi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling