Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
Nutqning sofligi, avvalo, uning tozaligi demakdir. Ma’lumki,
o‘quvchilar nutqida har xil qaytariqlar, ortiqcha jumlalar, o‘zbek adabiy tiliga xos bo‘lmagan so‘zlar ko‘p uchraydi. Nutqni bunday so‘zlardan tozalab borish, fikrni sof adabiy tilda, uning boy imkoniyatlaridan foydalanib bayon qilish muhimdir. Insho o‘quvchini ijod qilishga, fikr yuritishga undashi, aqliy mehnatga qiziqish uyg‘otishi zarur. Shunga ko‘ra, o‘quvchining yozgan ijodiy ishi - inshoga bir qator talablar qo‘yiladi. Insho yozishdagi asosiy talablar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: 1. Dastavval, insho husnixat bilan bitilishi lozim. Bunda harflarning aniq va to‘g‘ri yozilishi talab etiladi. 2. Insho matni mavzuga mos reja asosida bayon qilinishi kerak. Insholarda rejaning mavzuga mos emasligi, ayrim hollarda mazmunning rejaga muvofiq emasligi kuzatiladi. Sinov insholarida ko‘p kuzatiladigan bir holat: o‘quvchi qo‘yilgan balldan norozi bo‘lib, apellyatsiyaga ariza yozadi, hajm jihatidan talab darajasida, xatosiz insho yozganini ma’lum qiladi. Masalan, “Xamsachilik an’anasi” mavzusidagi inshoga o‘quvchi quyidagicha reja tuzgan: Reja: 1. Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni. 2. Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni. 3. “Xamsa” dostonlarining g‘oyaviy-badiiy mazmuni. 4. Xulosa. Rejada xamsachilik an’anasi emas, Alisher Navoiy “Xamsa”si haqida so‘z borgan. Umumlashtiruvchi xarakterdagi mavzu o‘rnida xususiy mavzu yoritilgan. Reja sodda bo‘lsa-da, xulosa qismi keltirilgan. Bunga ham mayli, deydigan bo‘lsak, unga muvofiq tarzda kirish qismi ham keltirilishi kerak edi. Umuman, kirish va xulosa qismlari sodda reja bandlarida keltirilmagani ma’qul. Lekin 38 o‘quvchining inshosi mazmunida bu qismlardan foydalanishi ijobiy ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, adabiy mavzudagi insholarning murakkab reja asosida yozilishi maqsadga muvofiq. Ba’zi hollarda o‘quvchi inshoni rejaning har bir bandiga javob tarzida raqamlar qo‘ygan holda shakllantiradi. Bu o‘quvchining oddiy insho yozishdagi oddiy talabni ham bilmasligini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining e’tiborsizligini ham namoyon qiladi. Negaki o‘quvchi umumta’lim partasidan hech bo‘lmaganda insho yozish texnikasini o‘rganib chiqishi kerak. O‘qituvchi, albatta, inshoning reja bandlariga muvofiqligi raqamlar bilan emas, abzaslar bilan belgilanishini uqtirishi lozim. Bir qator insholarda rejaning to‘g‘ri yoritilishiga amal qilinmaydi. Insho boshidan oxirigacha rejaning birinchi bandiga bag‘ishlanadi. Rejaning qolgan bandlari yoritilmay qoladi. Ayrim insholarda esa reja bandlarini yoritishda izchillikka amal qilinmaydi. Reja bandlari yoki aralash holatda, yoki o‘rnini almashtirgan holda bayon etiladi. Rejaning to‘g‘ri tuzilishi maqsadning to‘g‘ri qo‘yilishi, mazmunning mavzuga mos tarzda ifodalanishini ta’minlaydi. 3. Insho yozma ijodiy ish sifatida matnning asosiy belgisi bo‘lgan mazmuniy butunlikka ega bo‘lishi darkor. Insho matnining o‘zaro bog‘liqligi, izchilligi hamda mantiqiyligini ta’minlash asosiy o‘rin tutadi. Buning uchun, dastlab, qoralamada inshoning rejasini tuzish, shu rejaga mos matn yaratish va inshoni yozib tugatmaguncha, oqqa ko‘chirmaslik tavsiya etiladi. 4. Inshoga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – uslubiy birlik va ifodalilikdir. Bunga erishish uchun badiiy uslub talablariga amal qilish lozim. O‘quvchi inshosiga chinakam ilmiy, ommabop va badiiy asarlar kabi qat’iy talab qo‘yilmasa-da, matn adabiy me’yorlarga muvofiqlik nuqtayi nazaridan tekshiriladi va baholanadi. 5. Fikrni ifodalash uchun so‘zlarni aniq tanlash, jumlalar soddaligi talab qilinadi. Inshoni yozishda o‘quvchidagi yaqqol tasavvur, ma’lum bir tuyg‘ular ifodasi hamda emotsionallik, faktik ma’lumotlarni keltirishdagi aniqlik muhim ahamiyatga ega. 6. Insho hajm jihatidan ham talab darajasida bo‘lishi kerak. Odatda, insho o‘rtacha 5-7 sahifa hajmida yoziladi. O‘ta ixcham shakllarda yozilgan yoki mazmuni mavzuga aloqador bo‘lmagan fikrlar bilan to‘ldirilib yuborilgan katta hajmdagi insholar salbiy baholanadi. 39 7. Insho matnini mazmuniy qismlariga muvofiq ravishda abzaslarga ajratish va xat boshidan yozish talab etiladi. Inshoda mavzuga doir masalalar mazmun-mohiyatini insho strukturasiga mos holda ochish vazifasi qo‘yiladi. To‘g‘ri shakllantirilgan insho uch muhim – kirish, asosiy, xulosa qismlaridan tashkil topadi. Buni foiz nuqtayi nazaridan quyidagicha ko‘rsatish o‘rinlidir. Kirish Asosiy qism Xulosa Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling