Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Besh asrkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher”
- Ilm baxt keltiradi
- INSHOGA MATERIAL TO‘PLASH
Hamal keldi – amal keldi maqoli inson umrining gul fasli, yaxshi
kunlarga, asar nomidagi kunduzga ishora qilganini ta’kidlash mumkin. Epigraf muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr-mulohazalarning asosiy mohiyatini aks ettiradi. Insho mavzusidagi yetakchi g‘oya epigraf orqali ifodalanadi. Nasriy yoki she’riy asar matnidan; yozuvchining xatlari, kundaligidan; tanqidiy maqolalardan olingan fikrlarni yoki maqol, aforizm, matallarni epigraf sifatida keltirish mumkin. Masalan, “Alisher Navoiy – she’riyat mulkining sultoni” mavzusiga Abdulla Oripovning “Besh asrkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher” misralarini epigraf sifatida tanlash mumkin. Odatda, insho yozayotgan o‘quvchi o‘zining keng mulohazaga, teran fikrga, aniq bir dunyoqarashga egaligini anglatish uchun mavzuga har tomonlama mos keladigan, unga ohangdosh tarzda jaranglovchi hikmatli so‘z hamda gaplardan, maqol va matallardan epigraf sifatida ustalik bilan foydalanadi. Yarim yoki bir sahifalik epigraflar inshoning mazmuniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Aksariyat holatlarda ular qo‘shtirnoqqa olinmaydi, biroq undan so‘ng epigraf olingan manba yoki muallifning ism-familiyasi, albatta, ko‘rsatilishi shart. Masalan: «Avaz O‘tar ijodida ozodlik, ilm-fan va madaniyatning targ‘ib qilinishi», degan mavzu uchun quyidagi fikrni epigraf sifatida tanlash mumkin: Ilm baxt keltiradi (xalq maqoli). Epigraf mavzuga g‘oyaviy nuqtayi nazardan mos kelmog‘i lozim. Yaxshi topib yozilgan epigraflarning o‘ziyoq o‘quvchining 33 qanday dunyoqarashga ega ekanligidan, uning bilim va malakalari o‘lchovidan yaqqol dalolat berib turadi. INSHOGA MATERIAL TO‘PLASH Muayyan mavzuda insho yozishdan oldin shu mavzuga oid adabiyotlarni chuqur o‘rganish, ma’lumotlarni umumlashtirish, xulosalash, mavzu mohiyatini anglash talab etiladi. Inshoga material to‘plash ham mavzuni to‘g‘ri yoritishda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchi inshoga material to‘plashi, tartibga solishi, uni muayyan izchillikda berishi va mavzu talabini to‘g‘ri anglashi lozim. Insho uchun suhbat, hikoya asosidagi taassurotlar, o‘qilgan badiiy asarlar, tomosha qilingan sahna asarlari va kinofilmlar, shaxsiy kuzatish va tajribalar, kundalik hayot voqealari boy material bo‘lib xizmat qiladi. Har bir o‘quvchi borliqni, undagi narsa-buyum, voqea- hodisalarni, tevarak-atrofni, odamlarni, badiiy asar qahramonlarini o‘z nigohi bilan ko‘radi. Demak har bir o‘quvchi inshoga o‘zicha material to‘playdi. Insho uchun asosiy material bu, avvalo, hayotning o‘zi, uning kitoblardagi, san’atdagi ifodasidir. Shuning uchun har bir o‘quvchida kuzatuvchanlik xususiyati to‘la shakllangan bo‘lishi lozim. Kuzatish bevosita o‘qituvchi rahbarligida yoki mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin. O‘quvchi insho yozish uchun borliqni kuzatar ekan, nimalar haqida fikr yuritish lozimligini o‘ylaydi va shunga muvofiq keladigan materiallarni yig‘adi. O‘quvchiga o‘zi o‘qigan, kuzatgan, bilgan narsalar yoki voqea-hodisalar xususida yozish ancha oson kechadi. Insho uchun material to‘plashda manba muhim ahamiyatga ega. Masalan, rasm asosida material to‘plash borliqni kuzatish yoki badiiy asar asosida material to‘plashdan farq qiladi. Rasm asosida material to‘playotganda ko‘proq rassomning maqsadi, unda tasvirlangan narsa, voqea-hodisalar, ranglarning tanlanishi, tasvirning diqqatga sazovor tomonlari va kamchiliklari singarilarga ko‘proq e’tibor qaratilsa, badiiy asar asosida material to‘playotganda yozuvchining maqsadi, asarda ishtirok etgan shaxslar, yozuvchi yoki shoirning obraz yaratish mahorati, asar mazmunidan chiqariladigan xulosa kabilar markaziy o‘rinni egallaydi. To‘plangan materialni tartibga solish va uni muayyan izchillikda bera olish ham o‘quvchi uchun o‘ta zarur malakalardan biri 34 sanaladi. Tartibga solish, avvalo, to‘plangan materialni saralab, uning ichidan yoritilayotgan mavzu uchun zarurini ajratish, ularni mantiqiy izchillikda joylashtirish demakdir. Bu ishda o‘quvchiga puxta o‘ylab tuzilgan reja yaxshi yordam beradi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling