Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
III. Xulosa. ________________ .
30 Reja bandlarining belgilanish tartibini quyidagicha modellashtirish mumkin: I>1.>1); // a);. Ba’zan, o‘quvchilar she’riy yo‘l bilan reja tuzishga harakat qilishadi. Bunday rejalarni tuzish oson emas, albatta. Lekin har bir reja bandining she’riy tarzda berilishi aniqlikka, maqsadning to‘g‘ri ifodalanishiga monelik qiladi. Reja bandlaridan bir-ikkitasinigina mavzuga mos she’riy misralar orqali ifodalash mumkin. Mavzuga mos holda tuzilgan reja insho matnini mantiqiy izchillikda bayon etishga yordam beradi, insho qismlarining mutanosibligini ta’minlaydi. Shuningdek, ortiqcha takrorlar, mavzudan chetga chiqish hollariga yo‘l qo‘ymaydi. Rejaning har bir bandiga javob yozishda mavzuni yoritish uchun misollar va sitatalar keltirish o‘rinli bo‘ladi. Sitatalar insho matnida o‘rtaga tashlangan fikrlarni dalillaydi. Xulosa qilib aytganda, insho rejasini tuzishda mavzu mohiyatini anglagan hamda o‘zbek tilining imlo qoidalariga rioya qilgan holda ish tutish lozim. Tezis yunoncha thesis “qoida”, “isbot” ma’nolaridagi so‘z bo‘lib, “ilmiy asar, maqola, ma’ruza va sh.k.dagi asosiy g‘oyalarning qisqa va lo‘nda bayoni”; “haqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo‘lgan hukm, mulohaza, fikr”ni anglatuvchi birlik sifatida qayd etilgan. (O‘TIL, IV, 52) Tezis mavzuning yoki matnning asosiy mohiyatini aks ettiruvchi qisqa ifodalar bo‘lib, masalaning keng yoritilishini ta’minlovchi, yo‘naltiruvchi xarakterga ega bo‘lgan umumlashma fikrlardir. Tezis maqsadga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1. Matn mazmunini yorituvchi tezis (bunday tezislarning mohiyati “Qanday masalalar yoritilgan?” savoli mazmun-mohiyati bilan izohlanadi). Masalan, konferensiyadagi ma’ruza matninig qisqacha mazmuni shu tipdagi tezisga misol bo‘ladi. 2. Matn tuzishga yo‘naltiruvchi tezis (bunday tezislarning mohiyati “Qanday masalalar yoritiladi?” savoli mazmun-mohiyati bilan izohlanadi). Insho tezisi ikkinchi turga mansub bo‘lib, muallif fikrini jamlash, aniq ifodalashga, izchillik maqsadiga xizmat qiladi. Insho tezisi reja bandlari asosida shakllantiriladi. Reja bandlari insho 31 mazmuniga qanchalik mos bo‘lsa, tezis ham shu darajada mukammal bo‘ladi. Tezislar butun insho mazmuniga yo‘naltiradi, shu bilan bir qatorda yaxshi insho yozishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Fikrlar tezisi – bu inshoda siz isbotlashga urinayotgan munozarali nuqtayi nazarlardir. Tezislarning aniq bo‘lishi talab etiladi. Masalan, “O‘lim ular uchun fojia emas, balki azobli hijrondan qutqarguvchi xaloskor, pirovard maqsadlari bo‘lmish Yaratganning vasliga noil qiluvchi vosita edi”. Ba’zan tezisda fikrlar borasida ma’lumot berish kerak bo‘ladi va bu bilan o‘quvchi maqsadga yo‘naltiriladi: “Navoiy Laylining o‘limi, otasining qahrini va ikki oila o‘rtasidagi nizolar tasvirini keltirib, yurak va aql doim turlicha harakat qilishini namoyon qiladi”. Demak, inshoning yuzaga kelish jarayonini quyidagicha modellashtirish mumkin: mavzu→ reja → tezis →matn. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling