Yozma ish varianti-23


Download 41.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi41.5 Kb.
#215339

Yozma ish varianti-23

1.

Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.iqtisodiyot – yirik xususiy xo‘jalik, jamoa xo‘jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:



ishlab chiqarish jarayoni;

ayirboshlash jarayoni;

taqsimlash jarayoni;

iste’mol qilish jarayoni.

Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.

Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir.Ayirboshlash jarayoni – takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir.Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir.

Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy qoloq mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir koʻrsatmoqda.

Oʻzbekistonda ishsizlikning yuzaga kelishi va keskin tus olishining hamda sobiq ittifoqdosh respublikalariga nisbatan yana-da asoratliroq kechishining inkor etib boʻlmaydigan oʻziga xos jihatlari va chuqur sabablari bor edi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

Sobiq sovet tizimidan meros boʻlib qolgan ijtimoiy sohaning beoʻxshovligi;

sovetlar hukumatining sunʼiy yaratilgan, lekin ish haqi oʻta past, turmush darajasini taʼminlashning xalqaro standartlariga batamom mos kelmaydigan ish oʻrinlari tashkil etish vositasida aholining toʻla bandligini taʼminlash siyosati;

sovetlar imperiyasining yemirilishi oqibatida respublikalararo lateral (gorizontal) iqtisodiy aloqalarning izdan chiqishi;

murakkab demografik vaziyat;

oila tarkibida boqimandalar ulushining kattaligi;

bozor munosabatlariga oʻtish davri qiyinchiliklari taʼsiri ostida ishlab chiqarish mutlaq hajmining qisqarishi;

iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarning sodir boʻlishi;

eksport tarkibida xomashyo resurslari ulushining yuqoriligi;

bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ekstensiv omillarning intensiv omillarga almashuvi natijasida ishchi kuchi nisbiy ortiqchaligining yuzaga kelishi va hokazolar.

2.Pulning kelib chiqishi haqidagi masala turli xil nazariyotchilar tomonidan ayriboshlashning rivojlanish jarayoni bilan bog‘liqlikda talqin qilinadi. Bir tovarning qiymati u boshqa tovarga ayriboshlaganda ma’lum bo‘ladi (T-T). Birinchi qarashda ayriboshlash bitimida tovarlar bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa ekvivalent rolida chiqadi, qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning kurtagi mavjud bo‘ladi.

Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion

yondashuv mavjud.

Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv

tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu

sub’ektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo’llaquvvatlanadi.

Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy – iktisodiy taraqqiyoti mahsuli deb

qaraladi. Pul ob’ektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga

ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan.

Pulning kelib chiqishi haqidagi har ikki yondashuvga xos nazariyalarni to’rt guruhga

bo’lish mumkin.

1. Metallik pul nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra qimmatbaho metallar oltin va kumush

o’z tabiatiga ko’ra pul. Bu nazariyada pul va qimmatbaho metallar aynan bir xil narsa deb

qaraladi.

2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning

xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi.

Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat

tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qaramaqarshi

nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi.

3. Pulning mehnat nazariyasiga ko’ra pul ichki qimmatga ega maxsus tovar. Uning

qiymati umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar – oltin, kumushni qidirib topish,

qazib chiqarish va undan tangalar tayyorlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan

o’lchanadi.

4. Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning

qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin

asosi bekor qilingan.

Pulning miqdoriylik nazariyasining g’oyasi oddiy: muomalada mavjud pul

miqdorining o’zgarishi, tovar va xizmatlar narxining absolyut darajasini o’zgarishiga olib

keladi, u o’z navbatida pulning xarid quvvatini o’zgarishiga olib keladi.

3.Amir Temurning Movarounnahrdagi birlashtirish siyosati boshlangan edi. U Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida turgan yerlarni o`ziga bo`ysundirib, o`ziga itoat ettirdi. Farg‘ona, Shosh viloyatlarini o`z tasarrufiga kiritish unga qiyin bo`lmadi. Sirdaryoning quyi oqimidagi Oltin O`rdaga qarashli erlarni egallashda u bu erlardagi ichki sulolaviy urushlardan foydalandi.

Amir Temur Xorazmni ham qaytadan Movaraunnahrga kiritishga intildi. 1372-yilda Husayn Sufi Amir Temurga boj to`lamasdan, buning ustiga Sohibqiron tomonidan yuborilgan elchiga shunday javob berdi: “Men mamlakatni qilich bilan fath etganman, shuning uchun ham uni faqat qilich bilan olish mumkin”.

O`sha yili Amir Temur Xorazmga qo`shin tortib keladi. Urganchga borish uchun Qiyot shahri orqali o`tish kerak edi, bu shahar bir oz qarshilik ko`rsatgandan keyin Temur qo`shini tomonidan ishg‘ol qilinadi. Qiyotning qo`ldan ketishi Xusayn Sufiga kuchli ta’sir ko`rsatadi. U Amir Temur bilan yarashishga, uni talablarini bajarishga rozi bo`ladi. Lekin ayrim hokimlar Amir Temurning tez baland martabaga erishishini ko`rolmay Husaynni unga qarshi gij-gijlay boshladilar. Husayn ularning yordamiga ishonib Amir Temurga qarshi chiqadi, ammo uning tomonidan tor-mor etiladi. Shundan so`ng Husayn Urganch qal’asiga berkinadi va tezda vafot etadi. Uning o`rniga akasi Yusuf So`fi (1372) hokimiyatga keladi va Amir Temur bilan yarash shartnomasi tuzadi. Lekin u yarash shartlarini xiyonatkorona buzib, Amir Temur qaytib ketgandan keyin Qiyot shahrini bosib oladi va unga qarshi ochiqdan-ochiq dushmanlik harakatlariga o`tadi. Shundan so`ng Amir Temur Xorazmga ikkinchi marotaba yurish qilishga majbur bo`ladi. (1373-1374-y.). Ammo bu harbiy to`qnashuvgacha bormaydi, chunki Yusuf Amir Temurga tavba qilib yarash shartlarini so`zsiz bajarishga va’da beradi. Bu ikkinchi yurish natijasidan Janubiy Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kiradi.

1374-yildan keyin Amir Temur Xorazmga uch marotaba yurish qildi. Buning sababi Oltin O`rda xoni To`xtamishning Xorazmga da’vosi tufayli edi.

1387-1388-yillarda To`xtamish, Amir Temurning Movaraunnahrda yo`qligidan foydalanib, Xorazmga hujum qildi. Xorazm hokimi bo`lgan Sulaymon So`fini Amir Temurga qarshi qo`zg‘olon ko`tarishga undadi. Sulaymon So`fi bunga rozi bo`ldi. Bu voqealar Amir Temurni 1388-yili Xorazmga yana yurishga majbur etdi. Temur Urganchni ishg‘ol qildi va sufiylar sulolasini tugatdi.

Shu vaqtdan buyon Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga, keyin esa Temuriylar davlati tarkibiga kirgan. Shunday qilib, Yettisuvdagi va Sirdaryo etaklaridagi yerlardan tashqari, Turkiston yerlarining hammasi Amir Temur qo`liga o`tdi.

Amir Temurning harbiy yurishlari tarixda “uch yillik” (1386-1388) “besh yillik” (1392-1396) “yetti yillik” (1399-1405) urushlar deb nom olgan. Temur 1381 yilda Hirotga yurish qiladi. Bu davrda Hirotni kurdlar sulolasi boshqarar edi. Ularning hukmdori G‘iyosiddin Pir Ali Temurga qattiq qarshilik ko`rsatmadi. Lekin 1383 yilda Hirotda qo`zg‘olon ko`tarildi. Qo`zg‘olon bostirildi va kurdlar sulolasi qulashi bilan sarbadorlarning so`nggi hokimi bo`lgan Ali Muayyod ixtiyoriy suratda o`z yerlari va hokimiyatini Temurga topshirdi. XIV asrning 80-yillari o`rtasiga kelib butun Xuroson Amir Temur ixtiyoriga o`tdi. “Uch yillik” urush davrida Amir Teur Ozarbayjon, Tabriz, Mozandaron, G‘ilonni bo`ysundiradi. Shundan keyin u Kavkazga yurish boshlab, Tiflis, Arzirum va Van qal’asini egalladi.

Shunday qulay payt kelganidan, ya’ni Amir Temurning Erondaligidan foydalangan To`xtamish Movaraunnahrga Qamariddin etakchiligida qo`shin yubordi.

1388-yil yanvarida Amir Temurning qaytishini kutgan dushman orqaga qayta boshladi. Amir Temur amirlari Husayn, Shayx Ali Bahodir va boshqalarga dushmanni daf qilishni topshirdi. Ular Sirdaryo bo`yidagi Sarisuv degan joyda dushmanni quvib yetib unga katta talofat yetkazdilar. To`xtamish 1388-yil oxirida Amir Temurga qarshi qayta hujum boshladi. Amir Temur esa urushga tayyorlanish uchun Sagoron (Kattaqo`rg‘on)da qarorgohini tikib, qo`shinlarini jangovar holatga keltirdi. Amir Temur dushmanning orqa tarafidan hujum qilish uchun Qo`ng‘i o`g‘lon, Temur Qutlug‘ o`g‘lon, Shayx Ali Bahodir qo`mondonligidagi qo`shinlarni yuboradi. Hujum muvaffaqiyatli bo`ldi. Dushman tor-mor etilib, To`xtamish zo`rg‘a qochib qutuldi.

4.Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi, uning boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o‘rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o‘rniga ishchi kuchi resurslari deyilsa to‘g‘ri va tushunarli bo‘lar edi.Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarni o‘zlarining iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir.Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

- tarixiy-formatsion yondashuv;

- madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi jihatdan yondashuv;

- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;

- sotsial-iqtisodiy shakllar o‘zgarishi jihatidan yondashuv.

Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan.

Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir.



Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling