Yozma ishlar va ularning turlari


Insho rejasini tuzish va tezis sifatida shakllantirish


Download 225.5 Kb.
bet20/21
Sana28.10.2023
Hajmi225.5 Kb.
#1729740
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
4-ma\'ruza. Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi

Insho rejasini tuzish va tezis sifatida shakllantirish:
Insho mavzusi aniqlab olingach, mazkur mavzu asosida insho rejasi tuziladi. Reja ish-faoliyatni tartibga solish, amalga oshirish rejimidir. Reja forscha-tojikcha “kir yoyiladigan ip”, “arqon”; “saf”, “qator” ma’nosidagi so‘z bo‘lib, biror ishni tartibi bilan va o‘z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy mo‘ljal, belgili tartib, qoida, o‘lchovni bildiradi (O‘TIL, III, 369).
Tuziladigan reja insho mazmunini o‘zida to‘la-to‘kis namoyon qilib turmog‘i, izchillik asosida mavzudan chetga chiqmagan holda tuzilmog‘i darkor.
Reja inshoning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Yaxshi tuzilgan reja inshoning izchilligini ta’minlaydi, o‘quvchi reja asosida qayd etilgan fikrdan keyin nima haqida bayon qilishni aniq his qilib turadi. Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko‘rinishda bo‘ladi.
Odatda, erkin va ijodiy mavzulardagi insholar yozilayotganda yoki aniq bir yozuvchining ijodiga baho berilayotganda sodda shakldagi insho rejalaridan foydalaniladi. Bunda rejadagi har bir band qisqa va sodda gaplardan iborat bo‘ladi. Sodda shakldagi insho rejasi tuzilayotganda mavzuga har tomonlama mos keladigan materiallardan, xalq maqollaridan va ibratli gaplardan, hikmatli so‘zlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘zida insho mavzusining barcha jihatlarini yaqqol aks ettirib turgan reja namunalari insho mazmunining ixchamlashtirilgan shakllaridir. Yaxshi tuzilgan rejalar inshoning yo‘nalishi, tarkibiy qismlari, mavzuning izchilligi haqida aniq bir tasavvur beradi. Bunday tipdagi insho rejalaridagi tartib arab raqamlari bilan belgilanadi va reja bandlari oxirida nuqta qo‘yiladi.


Sodda ko‘rinishdagi rejalar:

Sodda ko‘rinishdagi insho rejalari tuzilayotganda, undagi gaplar tarkibini 1), 2), 3) ... shaklida arabcha raqamlar bilan belgilash va ulardan keyin yarim qavs qo‘yish, shuningdek, ularni a), b), d) tarzida belgilash tavsiya etilmaydi. Tartibni belgilashning eng maqbul yo‘li arab raqamlarini qo‘yib, ulardan so‘ng nuqta ishlatishdir.


«Izoh ma’no­sidagi so‘z­lardan keyin ikki nuqta qo‘yiladi», degan qoidaga asosan rejadan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Har qanday reja umumlashtiruvchi so‘z, tarkibidagi gaplar esa rejaning izohi, uning maqsadiga yo‘naltirilgan mantiqiy davomidir.



Download 225.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling