Yozma Svoya igra. 1-tur mavzulari 1-mavzu: Bir XIL harfli initsiallar
Download 13.68 Kb.
|
1-tur
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu: Grek mifologiyasidagi qahramonlar !
- 3-mavzu: Fors tilidan kirib kelgan so‘zlar !
- 4-mavzu: Kinoqahramon - doktorlar !
- 5-mavzu: . Metalli mavzu ! (Sozlardan biri metall).
Yozma Svoya igra. 1-tur mavzulari 1-mavzu: Bir xil harfli initsiallar (Ismi va familiyasi to‘liq yozilishi shart)! 10. Ushbu italyan astronomi Yupiterning to'rt yirik yo'ldoshi: Io, Yevropa, Ganimed va Kallistoni ochgan ? J: Galileo Galiley ! 20. Asl familyasi Gorenko bo'lgan mashhur rus shoirasi II Jahon urushi davrida Toshkentda yashagan ? J: Anna Axmatova ! 30. U Ispaniyadagi Fuqarolik urushidan keyin hokimiyat tepasiga keladi va 1973 - yilgacha mamlakatni boshqaradi ? J: Fransisko Franko ! 40. Asli ismi Brayan Xyu Uorner bo'lgan ushbu rok qo'shiqchisi o'z taxallusini amerikalik aktrisa ismi va jinoyatchi familyasidan oladi ? J: Merilin Menson ! (Merilin Monro va Charlz Menson sharafiga). 50. Turmush o'rtog'idan keyin u ikki muddat Argentina Prezidenti lavozimini egallaydi ? J: Kristina Kirshner ! (turmush o‘rtog‘i Nestor Kirshner). 2-mavzu: Grek mifologiyasidagi qahramonlar ! 10. Nemeya arslonidan to uch boshli Serber itini taslim etishgacha bo'lgan 12 qahramonlik ko'rsatgan qahramon ismini ayting ? J: Gerakl ! 20. Uning o'limiga Paris kamonidan uzilgan va Apollon tomonidan to'g'rilangan o'q sabab bo'lgan ? J: Axill ! (Axilles). 30. Ular safida Kastor, Polidevk, Orfey, Mops, Peles, Laert kabilar bo'lgan. Ularning yo'lboshchisini ayting ? J: Yason ! (Ular Argonavtlar) 40. U o'zining mashhur qahramonligidan tashqari Krommion cho'chqasini o'ldiradi, Marafon buqasini qurolsiz ushlaydi, go‘zal Yelenani o'girlaydi ? J: Tesey ! (Kritda Minotavrni o'ldirgani bilan mashhur). 50. Ushbu qahramon Pegasni o'ziga buysundirib, Ximera va amazonkalar ustidan g'alaba qozonadi ? J: Bellerofont ! 3-mavzu: Fors tilidan kirib kelgan so‘zlar ! 10. Ushbu o‘yin (sport turi) nomi forscha "monarx vafot etdi" ma'nosini beradi ? J: Shaxmat ! ("Shox" va "mot" (o'ldi)) 20. Ushbu poliz ekini nomi fors tilida boshqa poliz ekini - qovunni bildirib, shakl jihatdan o'xshamasa-da, "katta bodring" ma'nosini bildiradi ? J: Tarvuz ! (xara - katta, buzina - bodring). 30. Ushbu keng tarqalgan sumka turi nomi "kiyim" va "saqlanadigan joy" so'zlaridan olingan ? J: Chemodan ! (Jomadon, jāma va dān). 40. Yevropadagi yengsiz ayollar kiyimini bildiruvchi ushbu so'z "sharafli kiyim" ma'nosini beradi ? J: Sarafan ! (Forscha serapa, sarpo). 50. Versiyalardan biriga ko‘ra, kumushrang-oq rangli yarim metall nomi forscha "metall" so'zidan kelib chiqqan ? J: Surma ! (Forscha surme). 4-mavzu: Kinoqahramon - doktorlar ! 10. Priston-Pleynsboro gospitalida ishlagan ushbu vrach-infeksionist va nevrolog obrazini britaniyalik aktyor Xyu Lori yaratgan ? J: Gregori Xaus ! (Doktor Xaus qabul). 20. Ushbu Marvel qahramoni avtohalokatga qadar Nyu-Yorkda o'ziga ishongan neyroxirurg edi ? J: Doktor (Stiven) Strendj ! 30. Entoni Xopkins tomonidan yaratilgan bu seriyali qotil kasbi bo'yicha sud psixiatri bo'lgan ? J: Gannibal Lekter ! 40. U jarrohlikka to‘rt yil o'qigan va kema vrachi sifatida ishlagan bo'lsa-da, amalda deyarli bundan foydalanmagan ? J: Lemyuel Gulliver ! (Gulliver qabul). 50. Ushbu golland kamyob kasalliklar vrachi prototipi vengr tarixchisi Arminiy Vamberi bo'lgan ? J: Abraxam Van Xelsing ! 5-mavzu: . Metalli mavzu ! (So'zlardan biri metall). 10. Fransuz haykaltaroshi Etyen Falkone tomonidan 1768-1770 -yillarda bronzadan ishlangan Pyotr I ning Sank-Peterburgdagi haykali nomi ? J: "Mis chavandoz" ! 20. Xalq syujeti yoki adabiy model asosiga qurilmagan X.K.Andersenning 1 - ertagi nomi ? J: "Mustahkam qalay askar" ! ("Qalay askarcha" qabul). 30. Bunday maqomga erishish uchun ushbu musiqa albomi 1 mln ekszemplyarda sotilishі lozim ? J: Platina disk ! (Platinali albom qabul). 40. Ilk nomi "Saqoqush" ushbu galeon muvaffaqiyatli suzishdan keyin nomini o'zgartiradi ? J: "Oltin bug'u" ! ("Oltin kiyik" qabul: F.Dreyk). 50. Amerikalik yozuvchi Jek Londonning 1908 - yilda nashr etilgan antiutopiya romanini ayting ? J: "Temir tovon" ! Download 13.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling