Yozma Svoya igra. 1-tur mavzulari 1-mavzu: Bir XIL harfli initsiallar


Download 13.68 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi13.68 Kb.
#1189738
Bog'liq
1-tur


Yozma Svoya igra. 1-tur mavzulari
1-mavzu: Bir xil harfli initsiallar
(Ismi va familiyasi to‘liq yozilishi shart)!

10. Ushbu italyan astronomi Yupiterning to'rt yirik yo'ldoshi: Io, Yevropa, Ganimed va Kallistoni ochgan ?


J: Galileo Galiley !
20. Asl familyasi Gorenko bo'lgan mashhur rus shoirasi II Jahon urushi davrida Toshkentda yashagan ?
J: Anna Axmatova !
30. U Ispaniyadagi Fuqarolik urushidan keyin hokimiyat tepasiga keladi va 1973 - yilgacha mamlakatni boshqaradi ?
J: Fransisko Franko !
40. Asli ismi Brayan Xyu Uorner bo'lgan ushbu rok qo'shiqchisi o'z taxallusini amerikalik aktrisa ismi va jinoyatchi familyasidan oladi ?
J: Merilin Menson ! (Merilin Monro va Charlz Menson sharafiga).
50. Turmush o'rtog'idan keyin u ikki muddat Argentina Prezidenti lavozimini egallaydi ?
J: Kristina Kirshner ! (turmush o‘rtog‘i Nestor Kirshner).
2-mavzu: Grek mifologiyasidagi qahramonlar !

10. Nemeya arslonidan to uch boshli Serber itini taslim etishgacha bo'lgan 12 qahramonlik ko'rsatgan qahramon ismini ayting ?


J: Gerakl !
20. Uning o'limiga Paris kamonidan uzilgan va Apollon tomonidan to'g'rilangan o'q sabab bo'lgan ?
J: Axill ! (Axilles).
30. Ular safida Kastor, Polidevk, Orfey, Mops, Peles, Laert kabilar bo'lgan. Ularning yo'lboshchisini ayting ?
J: Yason ! (Ular Argonavtlar)
40. U o'zining mashhur qahramonligidan tashqari Krommion cho'chqasini o'ldiradi, Marafon buqasini qurolsiz ushlaydi, go‘zal Yelenani o'girlaydi ?
J: Tesey ! (Kritda Minotavrni o'ldirgani bilan mashhur).
50. Ushbu qahramon Pegasni o'ziga buysundirib, Ximera va amazonkalar ustidan g'alaba qozonadi ?
J: Bellerofont !


3-mavzu: Fors tilidan kirib kelgan so‘zlar !

10. Ushbu o‘yin (sport turi) nomi forscha "monarx vafot etdi" ma'nosini beradi ?


J: Shaxmat ! ("Shox" va "mot" (o'ldi))
20. Ushbu poliz ekini nomi fors tilida boshqa poliz ekini - qovunni bildirib, shakl jihatdan o'xshamasa-da, "katta bodring" ma'nosini bildiradi ?
J: Tarvuz ! (xara - katta, buzina - bodring).
30. Ushbu keng tarqalgan sumka turi nomi "kiyim" va "saqlanadigan joy" so'zlaridan olingan ?
J: Chemodan ! (Jomadon, jāma va dān).
40. Yevropadagi yengsiz ayollar kiyimini bildiruvchi ushbu so'z "sharafli kiyim" ma'nosini beradi ?
J: Sarafan ! (Forscha serapa, sarpo).
50. Versiyalardan biriga ko‘ra, kumushrang-oq rangli yarim metall nomi forscha "metall" so'zidan kelib chiqqan ?
J: Surma ! (Forscha surme).


4-mavzu: Kinoqahramon - doktorlar !

10. Priston-Pleynsboro gospitalida ishlagan ushbu vrach-infeksionist va nevrolog obrazini britaniyalik aktyor Xyu Lori yaratgan ?


J: Gregori Xaus ! (Doktor Xaus qabul).
20. Ushbu Marvel qahramoni avtohalokatga qadar Nyu-Yorkda o'ziga ishongan neyroxirurg edi ?
J: Doktor (Stiven) Strendj !
30. Entoni Xopkins tomonidan yaratilgan bu seriyali qotil kasbi bo'yicha sud psixiatri bo'lgan ?
J: Gannibal Lekter !
40. U jarrohlikka to‘rt yil o'qigan va kema vrachi sifatida ishlagan bo'lsa-da, amalda deyarli bundan foydalanmagan ?
J: Lemyuel Gulliver ! (Gulliver qabul).
50. Ushbu golland kamyob kasalliklar vrachi prototipi vengr tarixchisi Arminiy Vamberi bo'lgan ?
J: Abraxam Van Xelsing !


5-mavzu: . Metalli mavzu ! (So'zlardan biri metall).

10. Fransuz haykaltaroshi Etyen Falkone tomonidan 1768-1770 -yillarda bronzadan ishlangan Pyotr I ning Sank-Peterburgdagi haykali nomi ?


J: "Mis chavandoz" !
20. Xalq syujeti yoki adabiy model asosiga qurilmagan X.K.Andersenning 1 - ertagi nomi ?
J: "Mustahkam qalay askar" ! ("Qalay askarcha" qabul).
30. Bunday maqomga erishish uchun ushbu musiqa albomi 1 mln ekszemplyarda sotilishі lozim ?
J: Platina disk ! (Platinali albom qabul).
40. Ilk nomi "Saqoqush" ushbu galeon muvaffaqiyatli suzishdan keyin nomini o'zgartiradi ?
J: "Oltin bug'u" ! ("Oltin kiyik" qabul: F.Dreyk).
50. Amerikalik yozuvchi Jek Londonning 1908 - yilda nashr etilgan antiutopiya romanini ayting ?
J: "Temir tovon" !
Download 13.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling