Yozuvning zamonaviy va tarixiy turlari
Download 357.76 Kb.
|
Yozuvning zamonaviy va tarixiy turlariTayyorladi: Farmonov Muhammad Tekshirdi:Bo’ronova XolidaTil dastlabki qarashda barqaror, o'zgarmas fonetik, leksik va grammatik sistemani tashkil etadi. Masalan, bizga fikr almashish quroli bo‘lib xizmat qilayotgan o'zbek tili, bobolarimizga ham, otaonalarimizga ham birday xizmat qilib kelgan. Bobo va nabira o'zaro gaplashayotganlarida na birinchi va na keyingi avlod til nuqtai nazaridan hech qanday qiyinchilik sezmaydi. Ular doimo bir-birlarini tushunishadi. Lekin shu bilan birga, til qotib qolgan narsa emas. Tilga chuqurroq yondashilsa, bunga ishonch hosil qilinadi. Til har kun, har daqiqa o'zgaruvchan hodisadir. Tildagi sodir boiayotgan o‘zgarishlar shunday sekinlik bilan bo'ladiki, buni bir avlodning yashash davrida ajratib olish va uni qayd qilish odatda amrimaholdir. Uch-to‘rt avloddan keyin esa tilning leksik, grammatik qatlamlaridagi siljishlar ko'zga tashlana boshlaydi. Bunday siljishlami biz bir narsa tufayli - u ham bo'lsa, yozuv orqali bilib olishimiz mumkin (gap yozuv paydo bo'lgandan so'nggi davr haqida boradi). Agar yozuv bo'lmasa, til evolyutsiyasi to'g'risida bizda hech qanday tasavvur bo'lmasligi mumkin edi. Faqat yozuv borligi uchungina, biz tilning tarixiy taraqqiyotini kuzatish sharafiga muyassar boiamiz: bu rivojlanishni qayd qilamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o'rganib, uni hozirgi davrdagi til bilan qiyoslaymiz. Tilning rivojlanish yo'lini o'rganamiz, tilga kirib kelayotgan yangiliklarni va ulaming sababini aniqlaymiz. O'qish va yozuv hozirgi vaqtda shunchalik odat tusiga kirib qolganki, go'yo ular bir umr til bilan birga bog'liq bo'lgandek ko'rinadi. Aslida yozuvning paydo bo‘lganiga ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Ba’zi tillam ing hanuzgacha yozuvi yo'q. Amerika q it’asi mahalliy aholisining ko'pchilik tillarini bunga misol tariqasida ko‘rsatish mumkin. Yozuvning paydo bo'lishi juda katta ahamiyatga ega bo'ldi, u madaniyat va tilning taraqqiyotiga ijobiy hissa qo'shdi. Yozuv voqea va hodisalam i abadiylashtirish ham da voqea va hodisalam i (axborotni) uzoq masofaga yetkazish imkonini berdi. Download 357.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling