Yozuvning zamonaviy va tarixiy turlari


Download 357.76 Kb.
bet2/3
Sana17.12.2022
Hajmi357.76 Kb.
#1025380
1   2   3
Piktografik yozuv
K o'pchilik olimlarning fikricha, har qanday yozuv asosida nusavvirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalarni suratda aks ettirish lamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun hozirgi zamon yozuvi x>'lmagan paytda odamlar ba’zi hodisa va voqealami uzoq masofaga yetkazish niyatida yoki zamonda abadiylashtirishni, jonli va jonsiz larsalaming rasmini chizish yo'li bilan amalga oshirishgan. Bunday ^ozuvpiktografik yozuv deb nom olgan. Bu atama ikki so'zdan iborat 50‘lib, birinchi yarmi lotincha pictus (chizilgan) va ikkinchi yarmi jrekcha grapho (yo za m a n ) degan m a’nolarni anglatadi. Bu yozuvning birliklarini piktogram m alar deb atashadi. AQShning aniqli olimi L. Blumfild bu yozuvga misol tariqasida quyidagilami celtiradi: Amerikaning mahalliy odjibva qabilasining bir a ’zosida laraxtning uzun po'stlog'i bo'lgan. Po'stloqda bir qancha shakllar chizilgan b o ‘lib (tulki, boyo‘g‘li va boshqalar), u aytiladigan nuqaddas qo'shiq tartibini ko‘rsatar edi.
Yana bir misol: mandan jabilasining bir a’zosi savdogarga ikki bir-birini kesib o‘tgan chiziq fdi bu kesmalaming bir tomoniga bir miltiq bilan qunduz va uning soniga o'ttizta parallel chiziqchalami, ikkinchi tomonda esa savsar, ;uvsar va qo‘tosning surati chizilgan maktubni yuborgan. Bu xatning n a ’nosi quyidagicha boMgan: «M en savsar, suvsar va q o 'to s no ynalarini bir miltiq va о ‘ttizta qunduzning terisiga almashtirishga oziman». Yozuvning bu turi mukammal bo‘lmay, u birinchidan, rasmlar >rasidagi munosabatlarni, ulaming tartibini ko‘rsata olmaydi va >uning natijasida bir maktubni bir necha xil o'qishga, talqin qilishga ю'1 qo'yadi, ikkinchidan, mavhum tushunchalarni aks ettirish imkoni fo‘q darajadadir.
Ideografik (logografik, iyeroglifik) yozuv
Tushunchalar mavhum tafakkum ing rivojlanishi natijasida >iktografik yozuv asta-sekin mukammallashib bordi va natijada yeroglifik (grekcha «idea» - tushuncha va «grapho» - yozaman degan o'zlardan tashkil topgan) yozuv paydo bo‘ldi. Ba’zi olimlar yozuvning bu turini logografik (grekcha «logos» - so'z va «grapho» - yozaman degan so‘zlardan tashkil topgan) yozuv deb atashadi, chunki bunday yozuvda undagi simvollar faqat bizni о‘rab turgan muhitdagi narsalarni aks ettirmay, tildagi so'zlami ham aks ettiradi. Tildagi har bir so'z o'z simvoliga ega bo'ladi. Ideografik (logografik) yozuvning birligini ideogramma (logogramma) deb yuritishadi. Masalan, K o'l tez kunda qurib qoldi, deydigan bo'lsak, bu gapda tashqi dunyodagi bir predmet to'g'risida gap borayotir. Ideografiya nuqtai nazaridan bu yerda bir simvol bor, lekin gap besh simvoldan tashkil topgan. M a’lumki, tildagi hamma so'zlar tashqi dunyodagi narsalarga mos kelmaydi.
Logogrammaning piktogrammadan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma esa so'zning ma’nosini izohlaydi. Demak logogramma bevosita predmet shakli boim ay, u so'z ma’nosini aks ettiruvchi shartli belgidir. Bu yozuvdagi qiyinchiliklardan biri, ma’nosini shakllar bilan aks ettirish qiyin bo'lgan logogrammalami ishlab chiqishdir. Qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Xitoyliklar esa, «yaxshi» so'zini ayol kishi bilan bola ramzi orqali ko'rsatishgan.
Logografik yozuvning piktografik yozuvdan afzalligi quyidagilardan iborat: a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo'lgan m atnni ancha mufassal aks ettira oladi; b) piktografik yozuvda so'z tartibi, so z shakllari noaniq bo Isa, logografik yozuvda bu masalalar umuman hal qilingan; d) piktografik yozuv subyektivlikka, ixtiyoriylikka y o 'l qo'vsa, logografik yozuv barqaror logogrammalardan tashkil topgan. Logografik yozuvning biroz mukammallashgan shakli iveroglifik yozuv deb nom olgan. Iyeroglif so'zi grekcha «hiyeroglyphoi» so'zidan olingan bo'lib, u «muqaddas yozuv» demakdir. Iyerogliflarda oz bo'lsa ham, ifodalanuvchi narsa bilan bogiangan biror xususiyat saqlanib turadi. Bu yozuv qadimgi Arabistonga, hozirgi Xitoyga xosdir.
Agar logografik yozuvda ba’zi mavhum tushunchalarni ifodalash qiyin bo'lgan boisa, endi iyeroglifik yozuvda bu masala ham uzilkesil hal bo'ldi. Bu yozuvda alfavit tushunchasi ham paydo bo'la >oshlaydi. Chunki iyeroglifik yozuv asosida yozilgan matnni o'qish ichun bir qancha mavhum tushunchalarni anglatuvchi belgilarni va :o'p miqdorda iyerogliflami bilishga to'g'ri keladi. Ma’lum shakllar m a’lum narsalarga bog'lanib qolgandan keyin Uar yozuv shakllari deb ataladi. Yozuv shakllari barqaror va doimiy hakl bo'lib, u hammavaqt kishilar tomonidan bir xil qabul qilinadi 'a ma’lum sharoitlarda boshqalarga tegishli ma’lumotlami yetkazish naqsadida qo'llaniladi. Kishilar bu shakllarni yaxshi o‘zlashtirib )lganlaridan so'ng bu shakllar bilan ular ifodalayotgan narsalar >rasidagi o'xshashlik katta ahamiyatga ega bo'lmay qoladi.
Tez 'ozish va k o 'p ro q m a’lumot yetkazish m aqsadida odam lar hakllaming ba’zi ikkinchi darajali elementlarini tushirib qoldiradilar 'a natijada bu shakllar bilan ular ifodalayotgan narsalar orasidagi )'xshashlik kamayib, oxir natijada u yo'q bo'lib ketishi mumkin. iunday o'zgarishlar yozuvni qanday materialga yozilayotganiga va janday yozuv quroli ishlatilayotganiga ham bog'liq bo'lishi mumkin. Qadimgi M esopotam iyada qo'llanilgan mixxat ana shunday )‘zgarishlarni o'z boshidan kechirgan logografik yozuvning bir :o'rinishidir. Bu shakllar turli kombinatsiyadagi uzun va qisqa nixsimon chiziqlardan tashkil topgan b o ‘lib, ularning asosida >iktogrammalar va logogrammalar yotgan bo'lishi aniqdir. Mazkur 'ozuvlaming shu darajada o'zgarib ketishiga sabab, ulaming loyga 'ozilgan bo'lishidir.
Yuqorida keltirilgan yozuvlaming hamma turi o'qish va o'qitish shlarini ancha mushkullashtiradi. Yozuvni ommaviylashtirish uchun ini albatta osonlashtirish, soddalashtirish kerak edi. Bunday :aruriyatning tug'ilishiga yana boshqa obyektiv sabablar ham bor ;di: savdo-sotiqning rivojlanishi va davlatlaming barpo bo'lishi ham yuqorida zikr etilgan jarayonni tezlashtirishga sabab bo'ldi. fozuvning soddalashish jarayoni bir necha yo'llar bilan amalga osha )oshladi. 1. Leksik elementlaming sonini yangi shakllar bilan ko'paytirish >‘miga, yangi tushunchalarni mavjud logogrammalar yoki iyerogliflar combinatsiyasi orqali ifodalashdir.
Bu yo‘l bilan xitoy yozuvi rivojlana >oshladi. M asalan, «ko'z yoshi»ni ifodalash uchun «kz» va 3. Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik yozuvga o'tish edi. Bu so'z grekcha bo'lib, u «phone» tovush «grapho» yozaman degan ma’nolami anglatadi. Shunday qilib, fonografik yozuv tilning faqat grammatik tuzilishini ifodalamay, balki uning fonetik tuzilishini, ya’ni so'zning tovush tarkibini ham aks ettirar edi. Fonografik yozuv Fonografik yozuv bir turli bo'lmay, u ham ko'p ko'rinishlarga ega. Shulardan biri - sillabik yoki bo'g'in yozuvidir. Bu yozuv qo'shma so'zlami mayda qismlarga bo'lish yo'li bilan paydo bo'ldi. Bu mayda qismlar hozirgi vaqtdagi bo'g'inlarga to 'g 'ri keladi. Shunday qilib, iyerogliflar bo'g'inlami ifodalaydigan bo'ldi. U yoki bu so'zni yozish lozim bo'lsa, ana shu bo'g'inlami bir-biriga qo'shish usuli bilan tuzishar edi. Bu yozuvga qadimgi hind yozuvi devanagari yaxshi misol bo'la oladi.
Bu yozuvdagi har bir ishora undosh tovushlarning a unlisi bilan qo'shib talaffuz qilinishini nazarda tutadi, ya’ni pa, ba, da, ga, sha va shu tartibda. Agar boshqa unlini talaffuz qilish zarur bo'lsa, unda yo harflaming ustiga yoki tagiga ma’lum belgilar qo'yiladi. Qadim gi M esopotam iyaliklarning mixxati ham shunday bo'g'inlarga ega edi: ma, mi, mu, muk, mut, nam va hokazo. Bu birliklar logogramma sifatida qo'llanishi bilan bir qatorda, yangi so'zlami yasashda ham ishtirok qilardilar. Yangi so'zlami yasashda ana shu logogram m alardan qaysi biri to 'g 'ri kelsa, shularning [ombinatsiyasidan foydalanilar edi. Shunday qilib, logografik yozuv >irliklari asta-sekin fonografiya vazifasini bajara boshladi. Boshqacha jilib aytganda, bo‘g‘inlar tovushlarning vazifasini o‘tay boshladi. io ‘g‘inlaming soni turlicha edi.
Masalan, Kipr orolidagi qadimgi ;reklar taxm inan 65 ta sillabariydan (b o ‘g‘in birligidan) oydalanishgan. Gvineya orolidagi vaylar yozuvi 226 sillabariydan ashkil topgan. Ba’zi bo‘g‘in yordami bilan so‘z tuzish imkoniyati kam boigan illar, keyinchalik bo‘g‘inlar bilan ishlatiladigan turli belgilar kashf tfishdi. Tilshunoslikda bu belgilar diakritik belgilar deb nom olgan bunday belgilar hozirgi zamon o ‘zbek tilida ham mavjud: o \ g ‘ larflaridagi belgilar shular jumlasidandir). Bunday diakritik belgilar qadim gi hind tilida ham keng [oilanilgan. Ularda undoshdan keyin unlini va, hattoki, unlidan oldin uruvchi undoshni bekor qiluvchi belgilar ham boigan. Keyinchalik >u tilda ham undoshlar uchun, ham unlilar uchun yangi qo‘shimcha imvollar kashf etilib, uzil-kesil fonografik yozuvga, ya’ni tildagi so‘z hakllarini fonetik birliklar-tovushlar orqali ifodalashga o‘tildi. Agar illabik (bo‘g‘in) yozuvi fonografik yozuvning birinchi bosqichini ashkil qilsa, har bir tovush uchun 0 ‘zining ramzini yaratish, ikkinchi >osqich boidi.
Shu munosabat bilai\ hozirgi biz ishlatayotgan harflaming kelib hiqishi diqqatga sazovor. Ba’zi olimlarning yozishlariga qaraganda, >iz hozir qoilayotgan yozuvga Arabistonda finikiylar tomonidan asos olingan. Finikiylaming yozuvlari dastlab qadimgi greklar tomonidan >‘zlashtirilgan. Bu o‘zlashtirish jarayonida yunonlar finikiylaming rozuviga anchagina yangiliklar kiritib, keraksiz elementlami tashlab, >‘zlarining tillariga moslashtirishgan. Yunonlardan bu yozuv astaekin 0 ‘rta Yer dengizi atrofida joylashgan boshqa xalqlarga ham arqala boshlagan. 0 ‘rta asrlarda bu yozuv greklardan bolgarlarga, erblarga va ulardan ruslarga o‘tgan. Yuqorida qayd qilinganidek, lar bir til bu yozuvni qabul qilayotganda, mazkur tilning tovushlar izimi talabiga binoan o ‘zgartirishlar kiritgan. Shuni ham aytish :erakki, bunday alfavitlaming harflari oddiy bir tovushni ifodalamay, >alki u yoki bu tilning asosiy tovushlariga, ya’ni fonemalariga mos :elardi. Shuning uchun bu alfavitlami fonematik alfavitlar deyish mumkin.
Yozuvning bu turi eng progressiv bo iib , ko‘p jihatdan iyerogliflk va sillabik yozuvdan afzalliklari bor. Dunyodagi alifbolar son jihatdan turlichadir. M iqdor jih atdan eng katta alifbo Kambodjaniki boiib, unda 74 harf bor. Eng kichik alifbo esa Solomon orolidagi alifbo boiib, unda jami 11 harf bor.

Download 357.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling