Yozyovon tumanining statistik axborotnomasi


Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari


Download 1.35 Mb.
bet4/7
Sana22.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1649081
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Doklad 2022-yil yanvar-mart Yozyovon

Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari

Hisobot davrida xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish hajmi 19,9 mlrd. so‘mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 89,1 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining 13,9 mlrd. so‘mi (42,0 foizi) oziq-ovqat mahsulotlari, 19,3 mlrd. so‘mi (58,0 foizi) nooziq-ovqat mahsulotlari ulushiga to‘g‘ri keladi.


Hisobot davrida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,0 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi esa 167,8 foizni tashkil etgan.


Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmida xalq iste’moli tovarlarining o‘rni, mlrd. so‘m hisobida

Yozyovon tumanida 2022- yil yanvar-mart oylari davomida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 4,6 mlrd. so‘mi yoki 13,7 foizi tarmoq korxonalari hissasiga, 28,6 mlrd. so‘mi yoki 86,3 foizi hududiy korxonalarning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tarmoq va hududiy korxonalarning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishi ko‘rsatkichlari



Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. 2022- yilning yanvar-mart oylari davomida tumanda 33,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 100,0 foizi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

IV. XIZMATLAR

Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yahshilash imkononi beradi.
2022- yil yanvar-mart oylarida xizmatlar hajmi 211,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,5 foizga, jami xizmatlarning aholi jon boshiga nisbati esa 1837,5 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling