235
Tarif - malaka tasnifi oltita razryadli setkada qo„llash uchun ishlab chi-
qilgan. Ishchilar razryadi ularni murakkabligiga ko„ra
mehnat sharoitini hisobga
olmagan holda belgilangan.
Malaka va ishning murakkabligi bir xil o„lchov - razryadning nominal mi-
qdori
bilan baholanadi, boshqacha qilib aytganda razryad qancha yuqori bo„lsa,
ishchining malakasi ham shuncha yuqori bo„ladi.
YATMM doimiy va o„zgarmas emas. Uni korxonaning ishlab chiqarish ja-
rayonlarini murakkabligiga bog„liq holda o„zgartirilishi mumkin.
Tarif - malaka ma’lumotnomasida har bir kasb va har bir razryad bo„yicha
uchta bo„lim: «Ishnig tavsifi», «Ishchilar bilishi kerak bo„lgan ma‟lumotlar», «Ish-
ning namunasi» keltirilgan.
Ishning tavsifida ishni bajarish murakkabligi, ishlab chiqarishni tashkiliy-
texnik shartlari, texnologiya bilan ta‟minlanganlik, ayni ishni bajarishda ishchidan
talab qilinadigan mustaqillik darajasi ko„rsatiladi.
Ishning namunasi bo„limida
ishning tarif razryadidagi har bir kasbga oid ish namunalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: