Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev
Download 2.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish
Ixtiyoriy tugatish Majburiy tugatish Kelishuv bitimi 18 Garov qo„ygan huquqiy shaxs korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan holda, garov bilan ta‟minlangan majburiyatlarni bajarish muddatidan qat‟iy nazar, garovdagi mol-mulkdan haq undirish huquqini oladi. 1. Da‟vo qilish uchun belgilangan muddat o„tgandan keyin aniqlangan va qi- lingan da‟volar birinchi navbatdagi da‟volar, shuningdek, belgilangan muddatda ma‟lum qilingan da‟volar qondirilgandan keyin korxonaning qolgan mol-mulkidan qondiriladi. 2. Mol-mulk yetishmaganligi uchun qondirilmagan da‟volar bekor qilingan deb hisob qilinadi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirgan idora) tan olma- gan da‟volar ham, agar qarz beruvchilar da‟voni to„la yoki qisman tan olmaslik to„g„risidagi xabarni olgan kundan e‟tiboran bir oy muddat ichida o„z talablari qondirilishi to„g„risida sud yoki xo„jalik sudiga da‟vo qilmagan bo„lsalar bekor qi- lingan deb hisoblanadi. 3. Korxonani tugatish chog„ida fuqaroga shikastlanganligi yoki salomatligiga boshqa xil zarar yetganligi yohud o„limi munosabati bilan shu korxonadan undiri- ladigan vaqtinchalik to„lovlarga pul ajratiladi. 4. Korxonani tugatish chog„ida mehnat jamoasi a‟zosining qo„shgan hissasi qarz berganlarning da‟volari nizomda ko„zda tutilgan shartlari asosida belgilangan va tartibda qondirilgandan so„ng unga pul shaklida yoki qimmatli qog„ozlar bilan beriladi. 5. Qarz berganlarning va mehnat jamoasi a‟zolarining da‟volari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulkdan mulkdorning ko„rsatmasiga binoan foydalaniladi. 6. Korxona qaytadan tashkil etilganida uning huquq va majburiyatlari qonuniy vorislariga o„tadi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling